“Ayollarga ehtirom”
Jizzax davlat pedagogika instituti videokonferensiya zalida institut ma’naivy-ma’rifiy ishlar bo’limi va xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Ayollarga ehtirom” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Z.Abduvaliyeva, F.Sattorova – viloyat Oila ilmiy-amaliy markazi rahbari, H.Ne’matova – shahar hokimi o’rinbosari, XQQ raisi, A.Mamayunusova – otinoyi, D.Hojimetova, Z.Pardayeva, fakultet xotin-qizlar qo’mitasi raisalari hamda 70 nafar iqtidorli talaba-qizlar ishtirok etdi. Ushbu davra suhbatida yuqorida aytib o’tilgan Farmonning mazmun-mohiyati, belgilangan vazifalar, amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar atroflicha tushuntirildi va muhokama qilindi. Tadbirda slayd, videoroliklardan foydalanildi.