Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2020
Chop etish
“Universiada-2020”.  Jizzaxda gandbolchilar bellashishdi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Universiada musobaqalarining gandbol sport turi final bosqichi Jizzax shahrida bo‘lib o‘tdi. Jizzax viloyati  mezbonlik qilgan gandbol sport o‘yinlari har doimgidan murosasiz bo‘lib o‘tdi. Xududiy saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar Toshkent viloyati, Xorazm viloyati, Samarqand viloyati hamda Farg‘ona viloyatining shijoatli yigitlari musobaqani ko‘tarinki ruhda o‘tkazishdi. Murosasiz kechgan bahslarda jamoalar o‘zining serg‘ayratliligi, professional sportchilar singari tutishi eng asosiysi o‘zaro samimiy munosabatda bo‘lishi musobaqani ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minladi.

Musobaqa ishtirokchilari uchun davlat rahbari  Sh.Mirziyoevning “5 ta muhim tashabbusi” doirasida tashkil etilgan tadbirlar mazmununli o‘tdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Turli viloyatlardan kelgan yosh talaba sportchilar Jizzax viloyatining  Hamid Olimjon va Zulfiya bog‘i, Sharof Rashidov muzeyi kabi ko‘zga ko‘ringan go‘shalariga tashrif etish bilan bir qatorda, Yu.Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan badiiy dasturda ham ishtirok etishdi.

Jizzax Politexnika institutida  Toshkent , Farg‘ona ,  Xorazm  va Samarqand viloyatlarining gandbol jamoalari o‘zaro bahs yuritishdi.  Bir necha kun davom etgan mazkur musobaqaning erkaklar birinchiligida  final bosqich g‘olibligini Toshkent viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Xorazmlik  talabalar sazovor bo‘lishgan bo‘lsa uchinchi o‘rin Samarqandlik sportchilarga nasib etdi.Sport musobaqalari g‘oliblarsiz bo‘lmaydi. Universiada musobaqalarining gandbol sport turi final bosqichi g‘olibi Toshkent viloyati jamoasi o‘ziga bo‘lgan ishonch va yaxshi sport tayyorgarlikka ekanligini tom ma’noda namoyish etishdi.

                                                                                                                                                                                              Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 039
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida uchrashuvlar davom etmoqda
Navbatdagi uchrashuv Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining 1-bosqich talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
JDPUda «Birinchi kurs maktabi» loyihasi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Unda bo‘lim xodimlari tomonidan Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi 1-bosqich talabalarga korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning asosiy ko‘rinishlari va salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik talablariga rioya...
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...