Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
28/10/2019
Chop etish
Universiada-2019 musobaqalarining futbol sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar qizg‘in pallada

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Universiada musobaqalarining saralash xududiy bosqichi qizg‘in pallaga kirdi. Sirdaryo viloyati mezbonlik qilayotgan futbol sport o‘yinlari har doimgidan murosasiz bo‘lmoqda. Xududiy saralash bosqichida qatnashayotgan Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Jizzax viloyati hamda mezbon Sirdaryo viloyatining futbolchilari o‘zaro bahslarga kirishdi.

Dastlabki kuni bo‘lib o‘tgan bahslarda Jizzaxlik futbolchilar  Toshkent shahri tengdoshlarini 3-1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa Sirdaryo viloyati hamda Toshkent viloyatlari o‘rtasida kechgan bahsda viloyatdan tashrif buyurgan sportchilar 1-2 hisobida g‘alaba qozonishdi.  Musobaqalarning ikkinchi kuni keskin bahslar bilan boshlandi. Musobaqaga fovaridi Jizzax viloyati jamoasi Toshkent viloyati jamoasini 1 futbolchi kam bo‘lib 1-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.  Sirdaryo jamoasi Toshkent shahar jamoasiga 0-1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Ushbu natijadan so‘ng Jizzax viloyati jamoasi muddatidan oldin final bosqichini qo‘lga kiritishdi. Jamoamizga finalda omad tilab qolamiz!!!


Ulashish:
1 283
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.