Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/02/2022
Chop etish
Uch avlod uchrashuvi… Diydor ham qadriyat aslida.

Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.Sharipov tashabbusi bilan tashkillashtirlgan  “Uch avlod uchrashuvi” da ko‘p yillar shu jamoada mehnat qilgan faxriylar, institut professor-o‘qituvchilari va magistrlar ishtirok etishdi.

Shaxrimizdagi “Zokir ota” to‘ylar majmuasida o‘tkazilgan tadbirni professor X.To‘raqulov ochib berdi. U o‘z so‘zida tadbir tashkilochilariga  minnatdorchilik bildirish bilan bir qatorda, bugungi uchrashuvning mohiyati va  tarbiyaviy ahamiyati  haqida ham to‘xtaldi. Shunungdek bugungi kunda faxriylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, mustaqillik bergan imkoniyatlar, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, yurtimizda millatlararo totuvlik va hamjihatlik  xususida o‘zining dil so‘zlarini bildirdi.

Uchrashuvda yurtimizda  hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni muttasil mazmunan boyitib borish, yosh avlodga ta’lim  tarbiya berish,ustoz-shogird a’nanalari so‘zga chiqqanlar nutqida, dasturxon atrofidagi gurunglarda, ijro etilgan kuy-qo‘shiq va raqslarda ham alohida ajralib turdi. Ona O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir musht bo‘lib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib, yashash, mehnat qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekani ta’kidlandi.

Shu kuni ko‘p yillik tajribaga ega, ibratli hayot yo‘lini bosib o‘tgan ilm egalari, olimlar,  talaba yoshlarning mana shunday shukuhli kun, fayzli oqshomda birga kechgan onlari, olgan olam-olam taassurotlari fotosuratlarga muhrlandi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Uch avlod” uchrashuvida Yangi O‘zbekiston uchun yangi tashabbuslar, yangi g‘oyalar ilgari surildi. Maqsad ham shu edi aslida. Bu yangi g‘oyalar hech shubhasiz real hayotiy natijalarga aylanib, yurtimizni taraqqiyotning yanada baland cho‘qqilariga olib chiqishga xizmat qiladi.

 

 

So‘z ustalari Hayot Shodmon, Gulmurod Xudoynazarovning chiqishlari, sa’nat yo‘nalishida tahsil olayotgan magistr talabalar ijrosidagi kuy qo‘shiqlar, madaniy dastur ishtirokchilarining chiqishlari, dilkash suhbatlarga ulandi. Diydor ham qadriyat deyishadi. Bir so‘z bilan aytganda 100 dan ziyod faxriylarni bir dasturxon atrofiga jamlagan diydor uchrashuvi barchaning xotira daftariga bir umrga muhrlanadigan bo‘ldi.

 

 

 

                                                                                                                                                Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 

                                                      

 

 


Ulashish:
1 103
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...