Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/04/2021
Chop etish
“Tilni o‘qitish va o‘rganishda XXI asr ko‘nikmalari – II Xalqaro anjuman”

Jizzax davlat pedagogika institutida 2021 yil 9 Aprel kuni Chet tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi tomonidan  “Tilni o‘qitish va o‘rganishda XXI asr ko‘nikmalari” mavzusida  II xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.   Konferensiyada Amerika Qo‘shma Shtatlaridan, Buyuk Britaniyadan  va Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalaridan jumladan, O`zbekiston Milliy Universiteti, Webster universiteti, O`zbekiston davlat Jahon tillari universiteti, Samarqand davlat chet tilllari institutidan sohaning yetuk olimlari, professorlar, pedagog-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar ishtirok etishdi.

Konferensiya ishini Jizzax davlat pedagogika instituti rektori pedagogika fanlari doktori, professor Sharipov Shavkat Safarovich ochib berdi. Sh.S.Sharipov o`z nutqida har bir tilning millat taraqqiyotida tutgan o`rni, o`zbek tilining huquqiy maqomi, chet tillarini chuqur oʼrganish oʼquvchi-yoshlarning zamonaviy bilimga ega boʼlishi va professional koʼnikmalarni egallashining asosiy omili va sharti ekanligi, Jizzax davlat pedagogika institutining xalqaro hamkorlik aloqalari, kelgusidagi rejalar va istiqbollar haqida to`xtalib o`tdi.

Shundan so‘ng mavzu yuzasidan Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti dekani f.f.d. professor Abdugafur Mamatov Eshonqulovich, O`zbekiston Milliy universiteti professori f.f.d. Jumaboeva Jamila Sharipovna, O`zDJTU dotsenti f.f.n. Umarova Mahliyo,  Buyuk Britaniya Portsmud Universiteti professori Dr. Lin Zheng, Buyuk Britaniya Lester Universiteti professori Dr. Jeff Stanford, Amerika qo‘shma shtatlari Filadelfiya shahridagi Pensilvaniya Universitetida faoilyat olib borayotgan Fullbright dasturi g`olibi Shuhrat Eshonqulov, Webster Universiteti MA EDIN dasturi koordinatori Rohatoy Boltaeva, Britaniya Kengashi EMI loyihasi koordinatorlari Ogay Mukaddas, Maksudova Hilola va Abdullayev Davronlar ma’ruza qildilar.

Konferensiya ishi 4 sho‘bada ko‘rib chiqildi:

  1. Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va madaniyatlararo muloqot masalalari
  2. XXI asrda chet tilini o‘qitish metodikasi
  3. Tilni o‘qitish va o‘rganishda XXI asr ko‘nikmalari
  4. Chet tilini o‘rganishning pedagogik va psixologik asoslari

Konferensiya so‘nggida taqdim etilgan materiallar asosida XXI asrda tilni o‘qitish va o‘rganishning ko‘nikmalari, metodlari va psixologik asoslarini o‘rganish asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Ulashish:
726
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.