Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

SIFATLI TA’LIM – TARAQQIYOT POYDEVORI

Ravshanova Adolat Ravshan qizi  JDPU Zoologiya va anatomiya kaferdasi o’qituvchisi                                                                                                       Aliyeva Sabrina Xojiakbar qiz     JDPU Biologiya yo’nalishi talabasi Annotatsiya. Ta’lim sohasida 2017-2022 yillar davomida amalga oshirib kelinayotgan tizimli o’zgarishlarning navbatdagi ilmiy asoslangan va natijasi kafolatlanayotgan bosqichidi ushbu maqolada yoritilgan bo’lib, bu yillar oralig’ida maktabgacha ta’lim muassasalari, umumo’rta ta’lim maktablari, oliy ta’lim muasssasalarining va ularning tarbiyalanuvchi hamda tahsil oluvchilarining soni qay darajada o’zgarganligi sxema va taxlillar asosida ko’rsatilgan. Kalit so’zlar. Ustuvor vazifalar, konstruktiv fikr, kreativ fikrlash, va muloqot ko’nikmalari, pedagogik mahorat. Prezidentimiz Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo’llagan Murojaatnomasida kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalarni olti yo’nalish misolida aniq ko’rsatib o’tdi. Ayniqsa, ta’lim sohasini yanada isloh qilish, ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash bo’yicha bildirilgan konstruktiv fikrlar e’tirofga molik. Zero, rivojlangan davlatlarning taraqqiyot tajribasi shuni ko’rsatadiki, qayerda ta’limga, ilm-fanga yaxshi sharoit yaratilgan bo’lsa, o’sha yerda har tomonlama yetuk va vatanparvar kadrlar yetishib chiqqan. Shu maqsadda ta’limning barcha yo’nalishlarida qator o’zgarishlar bo’lishi kutilmoqda va bu o’zgarishlar ta’lim sohasida so’nggi 5-6 yil davomida amalga oshirib kelinayotgan tizimli o’zgarishlarning navbatdagi ilmiy asoslangan va natijasi kafolatlanayotgan bosqichidir. Keling, ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarni so’nggi 6 yil davomidagi ko’rsatkichlarni raqamlar misolida taqqoslab ko’raylik. Chunki o’tgan davrda ta’lim sohasi katta o’zgarishlarga yuz tutdi. 1-sxema. 2017-2022 yillar oralig’ida maktabgacha ta’lim muassasalari, umumo’rta ta’lim, oliy ta’lim muassaslari soni.   Xususan, 2017 yilda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 4 917 ta bo’lgan bo’lsa, 2022 yilda bu raqam 6 384 tani tashkil etmoqda. Tarbiyalanuvchilar soni 2017 yilda 655,9 ming nafar bo’lgan bo’lsa, joriy yilda bu raqam 1 245,7 mingdan ortdi. Bu esa qamrovning 27 foizdan 70 foizga etganligini anglatadi. Umumiy o’rta ta’lim tashkilotlari soni 2017 yilda 9648 tani, bugungi kunda esa 10 507 tani tashkil etmoqda. O’quvchilar soni 2017 yilda qariyb 5 mln 262 ming nafar bo’lgan bo’lsa, 2022 yilda o’quvchilar soni 6 500 ming nafarga etdi. Yurtboshimizning umumiy o’rta ta’lim tizimi, ya’ni maktablar to’g’risidagi fikrlarida shuni angladimki, maktab tom ma’noda ma’naviyat, ma’rifat va madaniyat go’shasi bo’lishi, farzandlarimiz maktabda avvalo o’z ona tilini, qolaversa, biror chet tilini o’rganib chiqishi, kompyuterda ishlay olishi va pedagoglar ularni iqtidoriga qarab biror kasb yoki hunarga qiziqtirish lozim. Bu borada rivojlangan xorij davlatlar tajribasini joriy etish bo’yicha o’qituvchilarni qayta tayyorlash va kelgusi yildan maktablarning boshlang’ich sinf o’quvchilari mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar asosida o’qitilishini yo’lga qo’yilishi o’quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko’nikmalarini shakllantirishga olib keladi. 2-sxema. 2017-2022 yillar oralig’ida maktabgacha ta’lim muassasalari, umumo’rta ta’lim, oliy ta’lim muassaslaridagi tarbiyalanuvchilar soni.   Yana bir hayotiy misol. Bundan besh yil muqaddam oliy ta’lim muassasalari soni 78 ta bo’lgan bo’lsa, buguni kunda bu raqam 198 tani tashkil etmoqda. Talabalar soni 300 ming nafardan, 2022 yilga kelib 956 ming nafarga yetdi. Taqqoslash uchun davlat buyurtmasi asosida o’qiyotgan talabalar soni 2017 yilda 106 ming nafarni, 2022 yilda esa 160,7 ming nafarni tashkil etayotgani, qamrov darajasi esa 9 foizdan 38 foizga etganligi ko’rsatadi. Iqtisodiy o’sish foni sekinlashayotgan va g’oyat murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramasdan 2023 yil uchun ishlab chiqilgan davlat byudjeti jami harajatlarining 22,6 foizi, raqamlar bilan ko’rsatadigan bo’lsak 58,4 trln so’m mablag’ ta’lim sohasiga yo’naltirilayotgani rivojlanishimizning asosi, tayanchi poydevori ta’lim va ilmda ekani yanada ayonlashadi. Shu nuqtai nazardan, Murojaatnomada bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, eng avvalo pedagoglarimiz ta’lim sifatini ta’minlash bo’yicha o’z faoliyatlarini qayta ko’rib chiqishlari, ota-onalar va jamoatchilik bilan bu borada faol hamkorlikni yo’lga qo’yishlari lozim. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Ta’lim sifatini oshirish Yangi O’zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to’g’ri yo’lidir”. IIV Akademiyasining Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyat kafedrasi tomonidan poytaxtimizdagi 1-sonli idoraviy akademik litseyda tadbir o‘tkazildi. Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yilida belgilab olingan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, yosh avlod taʼlim-tarbiyasini zamon talablari darajasida tashkil etish, soha vakillarining pedagogik mahoratini yuksaltirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish tadbirning asosiy maqsadi sanaladi. Tadbirda tarix fanlari doktori, dotsent Muzaffar Tojiboyev va psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Rustam Dushanov so‘z olib, muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalarning pirovard maqsadi, mamlakat taraqqiyotida taʼlim-tarbiyaning o‘rni, ayniqsa hozirgi murakkab davrda yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalashning dolzarb ahamiyati, o‘quvchi yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ulari va axloqiy-psixologik sifatlarini shakllantirish, ularni buzg‘unchi yot g‘oyalar taʼsiridan asrab-avaylashda taʼlimning samarali yondashuvlarini qo‘llash haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi. Muloqot qizg‘in munozara ruhida davom etdi. Yaxshi va sifatli ta’lim, ayniqsa, bugungi kunda zaruriy ehtiyojga aylanib bormoqda. Bilimlar poydevorini esa maktab davridayoq mustahkam qurish lozim. Oddiy misol: jamiyatda qaysidir mavqega ega yoki ilm­fan, madaniyat va boshqa sohalarda ma’lum darajaga erishgan inson borki, uning zamirida maktab ta’limining o’rni beqiyos ahamiyatga ega bo’lganini takror va takror ta’kidlaydi. Joriy yil 28 yanvar kuni Prezidentimiz raisligida maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo’yicha o’tkazilgan videoselektor yig’ilishidan ko’zlangan maqsad va uning bosh g’oyasi ham maktabni tom ma’noda inson kamolotiga, uning ilmi, madaniyat, ma’rifati hamda tarbiyasiga poydevor bo’ladigan maskan darajasiga olib chiqish, bu borada mavjud muammolarni tahlil qilish, uni bartaraf etish, galdagi vazifalarni belgilashga bag’ishlandi, desak ayni haqiqat bo’ladi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ta’lim-tarbiya — kelajak, hayot-mamot masalasi. Qanchalik murakkab bo’lmasin, maktab ta’limiga poydevor bugundan mustahkam qo’yilmasa va kimda-kim maktab bu faqat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ishi, deb o’ylasa, mutlaq yanglishishi, maktab ta’limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo’lishi shart va zarur. Videoselektor yig’ilishida ko’tarilgan masalalarga chuqurroq to’xtalib o’tishdan oldin, avvalo, so’nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarni ta’kidlab o’tishni joiz, deb hisoblayman. Yaqin tarixga bir nazar tashlab ko’raylik. Shavkat Mirziyoev davlat rahbari sifatida faoliyat boshlagan kezlari amalga oshirgan dastlabki xayrli ishlaridan biri umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qish muddatini 11 yil etib belgilagani bo’ldi. Chunki farzandlarimiz ta’limi va tarbiyasida juda katta e’tibor, kerak bo’lsa, nazorat talab qilinadigan vaqtda kasb­hunar kollejlariga yuborishni lozim topdik. Natijada nima bo’lgani barchamizga ayon. Biz ularga yaxshi bilim berishni ham, hunar o’rgatishni ham uddalay olmadik. eng achinarlisi, tarbiyasi bilan ham jiddiy shug’ullana olmay, milliy qadriyatlarimizga yot bo’lgan “ommaviy madaniyat” ta’siriga tushishiga sharoit yaratib berdik. Shuning uchun ham davlatimiz rahbarining maktab ta’limini 11 yillik etib belgilash bilan bog’liq dastlabki islohoti ota­onalar tomonidan eng to’g’ri va o’z vaqtida qabul qilingan qaror sifatida e’tirof etildi. O’tgan vaqt davomida shaxsan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarning ta’lim­tarbiya olishiga keng imkoniyat yaratib berishga xizmat qiladigan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Iqtidorli o’quvchilarni aniqlash, ular qobiliya tini yanada rivojlantirish, maktab ta’limi jarayoniga o’qitishning ilg’or metodlarini joriy etish, zamonaviy bilimlar va chet tillarni puxta o’zlashtirish maqsadida Prezident ijod va ixtisoslashgan maktablar faoliyati yo’lga qo’yildi. Yuqorida maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ayrim jihatlariga e’tibor qaratdik, xolos. Lekin bugun xalq ta’limi tizimidagi maktablar holati, moddiy-texnik imkoniyatlari, o’qitish sifati va samaradorligi qanday ekanini tahlil qilish, mavjud muammolar haqida mulohaza yuritish ham foydadan xoli emas. Maktab ta’limidagi bugungi mavjud holat ro’y­rost bayon etilgan va asosli ravishda tanqid qilingan videoselektor yig’ilishida bildirilgan fikrlar, keltirilgan faktlar hamda raqamlarni tahlil qilar ekanman, ta’lim sohasida uzoq yillar faoliyat olib borgan pedagog sifatida o’z fikr­-mulohaza va takliflarimni bayon etishni lozim topdim. Keling, maktablarda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonidan kelib chiqib, o’z oldimizga o’quvchilarni qaerda o’qityapmiz, qanday o’qityapmiz, kim o’qitmoqda, degan savollar qo’yib, shu savollarga javob berishga urinib ko’raylik. Yig’ilishda ta’kidlanganidek, yurtimizda 10 ming 130 ta maktab bo’lib, ularda 6 milliondan ziyod o’quvchi ta’lim­-tarbiya olmoqda. Bugun mavjud maktablarning 1 ming 695 tasi mukammal ta’mirga muhtoj. eng achinarlisi, mamlakatimiz bo’yicha 179 ta maktab binosi paxsadan qurilgan. Shuningdek, yig’ilishda 3 mingdan ziyod maktabda o’quvchilar soni me’yoridan ortiqligi sababli qo’shimcha o’quv binolari qurish lozimligi, 2 mingdan ortiq maktabda esa sport zali mavjud emasligi hamda yangi aholi yashash massivlari, qishloq infratuzilmasi kengayishi va aholining o’sishi hisobiga 270 ta yangi maktab qurishga ehtiyoj borligiga e’tibor qaratildi. Albatta, yuqorida sanab o’tilgan raqamlar o’z­-o’zidan kelib qolmagan. Agar statistikaga e’tibor bersak, 1990 yildan keyin O’zbekiston aholisi salkam 15 millionga ortib, bugun 35 milliondan ziyodni tashkil etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan yuqorida keltirilgan raqamlar mustaqillikka erishganimizdan so’ng salkam 25 yil vaqt davomida aholi sonining o’sishiga mutanosib ravishda maktablar qurish, mavjudlarini ta’mirlash ishlariga etarli e’tibor berilmagani natijasi. Endi mavjud maktablarda ta’lim qanday tashkil etilganiga e’tibor qarataylik. Aytish joizki, xalq ta’limi tizimida foydalanib kelinayotgan ta’lim standartlari, o’quv dasturlari faqatgina nazariy bilim berishga yo’naltirilgan bo’lib, o’quvchilarni mantiqiy fikrlash, amaliy ko’nikmalarini shakllantirish, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, ularni hayotga tayyorlashga xizmat qilmaydi. Maktab kutubxonalaridagi kitob fondlari yillar davomida yangilanmagani va yurtimizdagi 615 ta maktabdagina milliy musiqa anjomlari mavjudligi esa yoshlarni “Besh tashabbus” doirasida kitobxonlikka keng targ’ib qilish, milliy musiqaga qiziqishini oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Maktablarda faoliyat olib borayotgan 504 mingdan ziyod o’qituvchining 12 foizi o’rta maxsus ma’lumotli, 38 foizida esa umuman, malaka toifasi yo’qligi, bu pedagoglarning dars o’tish mahorati etarli emasligi ham jiddiy muammolardan. Sog’lom raqobat muhiti yo’qligi, o’qituvchilarning o’z ustida mustaqil ishlashi va ularni rag’batlantirish tizimi yaratilmagani, o’qituvchi sifatli dars o’tish emas, ko’proq soat olishga intilishi ta’limga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillardan bo’lib, o’tgan o’quv yilida respublika bo’yicha 84 ta maktabning birorta bitiruvchisi oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kira olmagani buning yaqqol isbotidir. Xulosa qilib aytganda, mamlakaltimizda hozirgi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar Juda ham rivojlanmoqda. O’quvchilarga va talaba yoshlarga berilayorgan imkoniyat esa juda ham katta. Faqatgina bundan to’g’ri foydalanishni bilish va ularni o’z sohasiga to’g’ri yo’naltirish kerak xolos. Ayniqsa, abituriyentlarning o’qishga kirish uchun hujjat topshiradigan Oliy ta’lim muassasasilar soning ortishi, kundugi kechki, sirtqi bo’lishi mamlakaltimizda talabalar soning ortishiga zamin yaratdi. Biz zamon bilan hamnafas bo’lishimiz kerak! Hozir kunda jadal suratlarda keng rivojlanib borayotgan IT sohasi ommada keng tarqalgan. Maktabdagi kundalik va jurnallarning an’anaviydan elektron dasturga o’tkazilishi, Oliy Ta’lim muassasasilarida Kredit Modul tizimining ishga tushishi mamlakaltimizda karrupsiyaning yo’q bo’lishiga yetakchi sabab bolayapti desak mubolag’a bo’lmaydi. Karrupsiyaning tugatilishi ta’lim sifatining ortishi va tubdan o’zgarishiga eshik ochadi. Karrupsiya bo’lmasa  ozgina og’riq bilan shifokor huzuriga borgan sog’lom odamlar dunyoni bevaqt ko’z yummaydilar, halol insonlarning ishlari e’tibordan chetta qolmaydi. Ba’zi bank xodimlari noqonuniy ishlamaydilar. Agar mana shunday ishlar kuzatilmasa mamlakaltimiz o’z-o’zidan yuksalib boraveradi.                                               Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis. 02.02.2022-yil
  2. https://iiv.uz/news/talim–taraqqiyot-poydevori
  3. https://oliymajlis.mdg.uz/news/maktab-bilim-asosi-taraqqiyot-poydevori
  4. https://parliament.gov.uz/articles/1350