Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/04/2026
Chop etish
“Muvaffaqiyat siri”: Zulfiya mukofoti sovrindorlari bilan davra suhbati o‘tkazildi

Mazkur tadbir universitet rektori Maqsudjon Yuldashev tashabbusi bilan tashkil etildi.

So‘zga chiqqanlar bu kabi uchrashuvlar yoshlar, ayniqsa iqtidorli qizlar uchun muhim motivatsiya manbai ekanini ta’kidlab, bunday muloqotlar davom ettirilishini qayd etdilar.

Davra suhbatida respublikamizning turli hududlaridan 2025–2026-yillarda Zulfiya davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan 11 nafar qiz ishtirok etdi. Ular o‘z muvaffaqiyat yo‘li va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, talabalarning savollariga batafsil javob berdilar.

Universitet Madaniyat saroyida o‘tkazilgan davra suhbatida viloyat hokimi o‘rinbosari Gulnora Normurodova ishtirok etib, tadbirni mazmunli fikrlar bilan davom ettirdi.

Uchrashuv doirasida Zulfiya mukofoti sohibasi Mehribon Abdurazzoqova tomonidan Zulfiya she’ri asosida yaratilgan “Bu bog‘lar” qo‘shig‘i ijro etilib, barcha ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

Ta’kidlash joiz, bugungi kunga qadar Jizzax viloyatidan 36 nafar qiz Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ularning 10 nafari mazkur universitet bitiruvchilari hisoblanadi.


Ulashish:
2 111
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...