Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/04/2026
Chop etish
Aziz talabalar!

Avvalo, sizlarni yirik sport harakati — “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning boshlanishi bilan samimiy tabriklayman.

Mamlakatimizda sportga qaratilayotgan yuksak e’tibor, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar bu yo‘nalishning dolzarbligini yana bir bor ko‘rsatdi. Shuningdek, aprel–may oylarining “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilinishi sizlar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Universitetimizda sport infratuzilmasini rivojlantirish va talabalarni ommaviy sportga jalb etish ustuvor yo‘nalishdir. Voleybol, basketbol jamoalarimiz hamda bokschilarimizning yutuqlari, “Talabalar ligasi” musobaqalari amalga oshirilayotgan ishlar samarasidir. Shu bilan birga, har bir talaba muntazam sport bilan shug‘ullanishi bugungi kun talabidir.

Aziz yoshlar! Sizlar ertangi kun pedagoglarisiz. Shu bois siz nafaqat bilimli, balki sog‘lom, irodali va yetuk shaxs bo‘lishingiz zarur. Sport sizda intizom, sabr-toqat, jamoaviylik va yetakchilik fazilatlarini shakllantiradi.

Sizlarni “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” hamda talabalar olimpiadasi doirasidagi musobaqalarda faol ishtirok etishga chorlayman. Har bir yutug‘ingiz universitetimiz nufuzini yuksaltiradi.

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va xodimlar! Universitetimizda yaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi va barcha zarur sharoitlardan unumli foydalangan holda, sizlarni ham muntazam jismoniy faollik bilan shug‘ullanishga, sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya etishga chorlaymiz.

Barchangizga mustahkam sog‘lik va yorqin g‘alabalar tilayman!

Hurmat bilan,
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Yuldashev Maksudjan Abdullayevich.


Ulashish:
1 291
Boshqa rubrikalarda mashhur

Suzish bahslarida keskin raqobat davom etmoqda.
“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida suzish bo‘yicha musobaqalar qizg‘in pallaga kirdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Karamanoglu Mehmedbey University vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, xususan turk tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, turk tili va madaniyati markazini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, akademik mobillik...
JDPUda akademik Ibragimov Xolboy Ibragimovich ishtirokida doktorantlar bilan ilmiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda dissertatsiya ishining metodologik asoslari, ilmiy tadqiqot dizayni, muammo qo‘yish, gipoteza ishlab chiqish, ilmiy yangilik va nazariy-amaliy ahamiyatni asoslash, shuningdek, adabiyotlar tahlili va maqola yozish...