Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Sharof Rashidov xalqimizning otashqalb farzandi

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida o‘zbek xalqining ulug‘ farzandi, buyuk davlat va jamoat arbobi, shoir, yozuvchi va mohir publitsist Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Sharof Rashidov xalqimizning otashqalb farzandi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori dos.F.Axmedov ochib berdi. U so‘zini  Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning “ Sharof Rashidov o‘zbek xalqi tarixi va madaniyatida o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu inson vatanimizning asl va chinakam fidoiy farzandi edi”, degan so‘zlarini mazmun-mohiyatini tahlil qilish bilan boshlab so‘zni tarix fakulteti dekani prof. S.Abduxoliqovga berdi.

 Tarix fakulteti dekani prof. S.Abduxoliqov o‘z so‘zida, mustaqillik, eng avvalo, halqimizga muqaddas qadriyatlarini, boy ma’naviy-madaniy merosini, shular qatorida buyuk siymolarga bo‘lgan chinakam hurmat haqiqatini qaytargani bilan benihoya azizdir. Shu sababli bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab o‘zbek xalqining ulug‘ farzandi, buyuk davlat va jamoat arbobi, shoir, yozuvchi va mohir publitsist Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligigi keng nishonlanmoqda. Xuddi shunday tadbirlardan biri tarix fakultetida “Sharof Rashidov xalqimizning otashqalb farzandi” mavzusida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdir.

  Shundan so‘ng ma’ruza uchun so‘zga chiqqan mehmonlar tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi professori F.Axmedshina, kafedra dotsenti, O‘zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi t.f.n. R.Nurqulova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Farxod Abdullaev, Toshkent Davlat texnika universiteti dotsenti U.Hayitov, Sharof Rashidovning yaqin qarindoshlari Rasulov Asad bobo va Rasulov Qobul bobolar o‘z ma’ruzalarida, Atoqli davlat va jamoat arbobi taniqli yozuvchi Sh.Rashidov 1917 yil 6 noyabrda Jizzax tumani “Sovungarlik” mahallasida oddiy dexqon oilasida dunyoga kelgan. Sh.Rashidov dastlabki bilimini Narimonov nomli 7 yillik to‘liqsiz o‘rta maktabda taxsil olgan. 1933 yil maktabni a’lo baxolarga tugatib Jizzax pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kiradi, 1936 yil bilim yurtini tugatib 1937 yilgacha o‘zi o‘qigan Narimonov nomli maktabda o‘qituvchilik bilan ish faoliyatini boshlagan. Sh.Rashidov o‘z bilimini mustaxkamlash maqasdida Samarqand davlat dorulfunining filalogiya fakultetiga o‘qishga kiradi u o‘qish bilan birga jurnalistikada qalam tebrata boshlaydi.

 Sh.Rashidovo‘qish davomida Lenin yo‘li gazetasida muxarrir bo‘lib ishlay boshlaydi. 1941 yilda ikkinchi jaxon urushi boshlanadi Sh.Rashidov birinchilar qatori vatanni ximoya qilish uchun urushga jo‘nab ketadi. 1942 yil vataniga og‘ir yarador bo‘lib kelgan Sh.Rashidov Jizzax tumanidagi 8 maktabda mudir vazifasida ishlay boshlaydi. 1944 yilda Samarqand viloyatining firqa qo‘mitasi kotibi qilib saylanadi. Samarqandni xalq xo‘jaligini rivojlantirishga ko‘pdan-ko‘p xizmatlari singan. 1947 yilda Toshkentdagi “Qizil O‘zbekiston” gazetasida bosh muxarrirlik lavozimida ishlay boshlaydi. 1949-1950 yillarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi, ijodkorlarning murabbiysi bo‘ladi. 1950-1959 yillarda O‘zbekiston Oliy Sovet Prezidumi raisi etib saylanadi. 1959 yildan umrining so‘ngi kunlarigacha O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari bo‘lib ishlagan. Bu davrda u O‘zbekistonni ravnaqi uchun juda katta xissa qo‘shdi. 1966 yildagi Toshkent zilzilasidan vayron bo‘lgan shaharni zamonaviy ko‘rkam bo‘lib qad rostlashida Sh.Rashidovni xissasi beqiyosdir. Katta o‘zbek traktini yo‘lga tushushi, viloyatimizdagi yagona akumlyator zavodini qurilishi, O‘rta Osiyoda yagona Toshkent metrosini qurilishi, qishloq xo‘jalik, fan-texnikani rivojlanishi, xorijiy davlat raxbarlari bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatishi bo‘larning barchasi Sh.Rashidov tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yildi.Bundan tashqari Sh.Rashidovning bir qancha asarlari nashrdan chiqarilgan. Jumladan, 1951 yil “G‘oliblar”, 1958 yil “Bo‘rondan kuchli”, 1964 yil “Qudratli to‘lqin” 1966 yil “Kashmir qo‘shig‘i” va Sh.Rashidovning oxirgi ijodidan 1978 yil “Dil amri” kitoblari bir necha xil tillarda nashr etilgan. Sh.Rashidovning rafiqasi Xursanoy Rashidova Sh.Rashidovning 4 ta qizi 1 ta o‘g‘li bo‘lgan. Sh.Rashidov 1983 yil 31 oktyabrda yurak xuruji bilan vafot etgan. Rafiqasi Xursanoy Rashidova esa 2003 yil 20 martda vafot etgan.

Istiqlol yillarida ma’anviyat va tarixiy xotira masalalari davlatimiz siyosatida ustuvor axamiyat kasb etib kelmoqda chunki millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi. Ushbu xaqiqat O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek davlat siyosati darajasiga ko‘tarish zarur. Millat o‘zligini qanchalik chuqur anglasa, o‘zining izzatini qadr xurmati joyiga qo‘ysa uni boshqalar xam ulug‘laydi xurmat qiladi. Qadimiy an’ana va qadriyatlarga sodiq o‘zbek millati o‘zining insonparvarlik g‘oyalari bilan asrlar osha nom qozonib kelmoqda. Xaqiqat egiladi bukiladi lekin xech qachon singmaydi xaqiqat esa kech bo‘lsada ro‘yobga chiqadi Sh.Rashidovning ruxi xamisha biz bilan birga degan ma’lumot va fikrlarni bildirib o‘tdilar.

Tadbir davomida Tarix fakulteti talabalari tomonidan Sharof Rashidov ijodidan namunalar keltirildi.

Shundan so‘ng fakultetning birinchi bosqich akademik guruhlari o‘rtasida “Ko‘rgazmali stentlar” va “Fotoalbomlar” tanlovida 106-guruh 1-o‘rin, 102-gurux 2-o‘rin, 103-gurux 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalarga diplomlar va faxriy yorliqlar taqdim etildi.