Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/02/2022
Chop etish
“SAMBHRAM UNIVERSITY” JIZZAX FILIALI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI .

Jizzax davlat pedagogika instituti xorijiy tajribani o‘rganish masalasi bo‘yicha ko‘plab xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari faoliyatini o‘rgana boshlagan. Oliygoh ayni kungacha juda ko‘plab  xorijiy OTM lar bilan mustahkam aloqlarni o‘rnatishga erishdi. Hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha fakultet va kafedralar ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Jumladan,  Chet tillar fakulteti INGLIZ TILI O‘QITISh METODIKASI kafedrasi hamda “SAMBHRAM UNIVERSITY” Jizzax filiali   “BACHELOR OF INFORMATION TECHNOLOGY”   kafedrasi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi navbatdagi muvaffaqiyatli kelishuv desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

JDPI vakillarini SAMBHRAM  universiteti Jizzax filiali rektori Tovboev Sirojiddin Oqbo‘taevich hamda filial vakillari kutib olishdi. Tadbir avvalida dastlab tomonlar tanishuvi bilan boshlandi. SAMBHRAM  universiteti Jizzax filiali rektori S.O.Tovboev universitet faoliyati, talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, bu hamkorlikdan juda mamnun ekanligi kelishuv shartnomasida ko‘rsatilgan barcha bandlar ularga ma’qul ekanligini  bildirib o‘tdi. “Bachelor of Information Technology”   kafedrasi mudiri Tanveer Beg.Z chet tillarni o‘qitishda IT ko‘nikmalarini egallashning roli va bu borada qo‘llanilayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

 

O‘z navbatida Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Jabborova Anora Jizzax davlat pedagogika instituti ilmiy-tadqiqot faoliyati, “Mental Enlightenment Scientific-methodological Journal” ilmiy-uslubiy jurnali,  xalqaro hamkorlik aloqalari, fakultetda chet tillarni o‘qitishda qo‘llanilayotgan xalqaro tajribalar, kafedra qoshida ochilgan “ACADEMIC WRITING LABORATORY”  ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati  xususida gapirdi.

 

Shu kunning o‘zidayoq SAMBHRAM  universiteti Jizzax filiali “Bachelor of Information Technology” kafedrasi mudiri Tanveer Beg.Z va Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Jabborova Anora  o‘zaro hamkorlik haqidagi Memorandumni imzoladilar. Universitet rahbariyati ushbu hamkorlikni kengaytirish, xususan OTMlar o‘rtasida Hamkorlik memorandumini tuzish taklifini ilgari surishdi va filial vakillarini JDPIga taklif qilish rejalashtirildi. Tadbir so‘ngida SAMBHRAM  universiteti Jizzax filiali rektori S.O. Tovboev JDPI vakillariga esdalik sovg‘alarini topshirdi va universitetdagi sharoitlar bilan tanishtirdi.

 

 

 

 


Ulashish:
2 610
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ta’limda sun’iy intellekt va raqamlashtirishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika, psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti tomonidan “Ta’limda sun’iy intellekt va raqamlashtirish: zamonaviy pedagogik muammolar va yechimlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman...
Ustozga ehtirom-avlodlarga ibrat…
Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistratura bo‘limida «Ustozga ehtirom» shiori ostida «Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Ustozlarning boy hayotiy va kasbiy tajribasini...
🇺🇿🇺🇸 JDPUda AQSH elchixonasi vakili va Fulbright ETA dasturi ishtirokchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida AQSH elchixonasi vakili Regina Yulaeva hamda Fulbright ETA dasturi doirasida universitetga jalb etilgan ingliz tili o‘qituvchisi yordamchisi McClay Joseph Sommers bilan...