Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Qon guruhlarini aniqlash.  qonning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari

O’rolboev Navruzbek Mirtoza o’g’li- Jizzax davlat pedagogika Universiteti “Zoologiya va anatomiya kafedrasi” o’qituvchisi tel(+99893 300 75 42)  Email:orolboyevnavroz841@gmail.com Raxmatova Munira Faxriddin qizi  -Jizzax davlat pedagogika universiteti  Biologiya  yo’nalishi 223-21-guruh talabasi Annotatsiya. Inson organizmidagi qon 2qismdan:plazmasi va unda suzib yuruvchi hujayralar(eritrotsitlar,leykotsitlar va trombotsitlar)dan iborat.Eritrotsitlar qobig’i tarkibida yuzlab antigenlar mavjud.ABO tizimi uchun 2xil antigen ahamiyatga ega Ava B.Aynan bu antigenlarning bor yoki yo’qligiga ko’ra 4ta qon guruhiga bo’linadi. Аннотация.Кровь в организме человека состоит из 2-частей: плазмы и плавающих в ней клеток (эритроцитов, лейкоцитов и тромбоцитов).В оболочке эритроцитов находятся сотни антигенов.Для системы АВО важны 2 типа антигенов, А и В. В зависимости от наличия или отсутствия этих антигенов делится на 4 группы крови. Annotation.The blood in the human body consists of 2 parts: plasma and cells floating in it (erythrocytes, leukocytes and platelets). There are hundreds of antigens in the erythrocyte shell. 2 types of antigens are important for the ABO system, A and B. It depends on the presence or absence of these antigens  It is divided into 4 blood groups. Kalit so’zlar.Agglyutinatsiya,antigen,antitelo,polimorfizm,gemoliz, immunizatsiya. Turli odamlar qoni kimyoviy-biologik,xossalariga ko’ra bir-biridan farq qiladi.Qon hujayralari eritrotsitlar tarkibidagi agglutinogen A va B,qon plazmasi tarkibidagi agglutinin a (alfa) va b (betta) larning turiga,qay holda uchrashiga ko’ra qon guruhlari 4ga bo’linadi. 1)O(I) qon guruhi-eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo’lmaydi, plazmada agglutinin a (alfa) va b (betta) bo’ladi. 2)A(II) qon guruhi-eritrotsitlarida faqat agglutinogen A va plazmasida aglutinen b (betta) bo’ladi. 3)B(III) qon guruhi-eritrotsitlarida faqat agglutinogen B, plazmasida agglutinen a (alfa) bo’ladi. AB(IV) qon guruhi-faqatgina eritrotsitlarida agglutinogen A va B uchraydi,plazmadagi agglutinenlar uchramaydi. Qon guruhlar bilan birgalikda rezus omil(faktor) ham nasldan-naslga o’tadi.Rezus omil eritrotsitlarning yuqori qavatidagi D-oqsili antigenning bor yoki yo’qligiga ko’ra musbat yoki manfiy bo’ladi. Rh+ -bu eritrotsitlarda antigen borligi,Rezus faktor (+) musbat.Aholining 85% ida bo’ladi. Rh- -bu eritrotsitlarda antigen yo’qligi,Rezus faktor (-) manfiy.Odamlarning 15%ida bo’ladi. Gemologik jarayonlarda qon guruhlari va rezus faktorlar katta ahamiyatga ega. Manfiy Rh- li insonga D-antigenli qon quyilsa,uning organizmida D-antitelasini ishlab chiqara boshlaydi,eritrotsitlarni vayron qiladi.Shuning uchun rezus manfiyga mos keluvchi guruh qonini har qanday insonga quyish mumkin.Rezus musbatli qonni faqatgina rezus musbatli(Rh+)insonlarga quyiladi.Bundan tashqari qon guruhlariga qarab ularda guruhlariga xos yurak qon tomir kasalliklari,saraton,va boshqa kasalliklarga chalinadi. I-qon guruhiga kiruvchi insonlarda yurak qon tomir kasalliklariga chalinish darajasi kam ya’ni 11% dir. II-qon guruhidagi insonlar esa miokard infartini boshdan kechirishadi. III-qon guruhidagilarda ishemik insult venalar trombozi kabi kasallilari xavfi yuqori,saraton kasalligi ham turli qon guruhli insonlarda har xil a’zolar zararlanish xavfini keltirib chiqaradi. I-qon guruhlilarda oshqozon raki xavfi yuqori, II-qon guruhlarida oshqozon osti bezi raki yuqori, III-qon guruhlilarda oshqozn osti bezi,qizilo’ngach,o’t yo’llari,saratoni xavfi yuqori bo’ladi, IV-qon guruhli insonlarda faqatgina oshqozon osti bezi raki xavfi yuqoridir. Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki; qon guruhlari,eritrotsitlarning yuqori qavatidagi rezus faktorlar to’g’ri aniqlanganligi tibbiyotda katta ahmiyatga ega.Qon guruhlari to’g’ri kelib,rezus faktorlari mos kelmasa bunday qonni quyish agglutinatsiya xodisasini vujudga keltiradi.Rezus musbat qon rezus manfiy qonli odamga quyilsa birinchi martasida hech qanday noxush reaksiya ro’y bermaydi.Lekin rezus manfiy (Rh-)qonli odamda,unga quyilgan rezus musbat (Rh+)qoniga qarshi antitelolar hosil bo’ladi.Bu odamga ikkinchi marta rezus musbat qon quyilsa,uning qonida agglyutinatsiya hodisasi ro’y beradi,qon guruhlari va rezus omil nasldan naslga o’tadi.Erkakning qoni rezus musbat bo’lib,ayolning qoni rezus manfiy bo’lsa,vujudga kelgan homlaga qon onadan o’tsa,qoni rezus manfiy bo’ladi.Homilaga musbat qon otadan o’tsa,unikiga o’xshab rezus musbat bo’ladi.Natijada ona va bola qoni bir biriga to’g’ri kelmaydi va bola gemolitik kasallik bilan tug’iladi.Bu holatda ona va homila qoni oz bo’lsada aloqaga kirishadi va natijada antitelo ishlab chiqilishiga olib keladi.Bu birinchi homiladorlikda muammo tug’dirmaydi.Ammo ikkinchi va keyingi homiladorlikda Rh+ homila paydo bo’lsa,antitelo yo’ldosh orqali o’tishi natijasida bola qoni hujayralariga zarar yetadi va animeya rivojlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.NuritdinovE.N.  Odam fiziologiyasi Toshkent «ALOQACHI»2005
  1. Almatov K.T , Allamurodov Sh.I Odam va hayvonlar fiziologiyasiToshkent «UNIVERSITET»2003