Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/05/2026
Chop etish
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida ochiq muloqоt o‘tkazildi

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov Jizzax davlat pedagogika universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir avvalida mehmonlar fakultetda yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonlari hamda fakultet faoliyati bilan tanishdilar.

Ochiq muloqot davomida ichki ishlar tizimida tibbiyot yo‘nalishining o‘rni, jamoat xavfsizligini ta’minlashda tibbiy xizmatning ahamiyati malakali kadrlar tayyorlash hamda tizimining tibbiyot bo‘limlarida faoliyat yuritish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, talaba-yoshlarning sohaga oid savol va takliflari tinglandi.


Ulashish:
290
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.