E’lonlar
E’lonlar
|
15/07/2022
Chop etish
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kengroq tushuntirish.

Quyidagi tushuntirishlarimiz Prezident qaroriga (https://uza.uz/posts/381742) asoslangan, ya’ni rasmiy asosga ega.

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi eskicha tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik «super-kontrakt» to‘lab ko‘chirishi mumkin.

Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

(xushnudbek.uz kanalidan olindi)


Ulashish:
1 508
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rahbariyati 5-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan oçiq muloqot ötkazdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldaşev boşçiligidagi rahbariyat vakillari 5-sonli talabalar turar joyida bölib, talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
JDPUda “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Biologiya ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati filiali hamkorligida “Kelajakka qadam” dasturiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Rahbar va yoshlar uchrashuvi: tashabbus va istiqbollar muhokamasi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldashevning talabalar bilan an’anaviy «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bu gal Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim oliy pedagogika maktabi yoshlari ishtirokida...