Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

 Ona tilim- mening faxrim.

Ona tilim- mening faxrim. Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomalndi. . O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatori qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas ramzi hisoblanadi. “Davlat tili haqida” gi qonun chiqqaniga bu yil 30 yil to‘ladi . Jizzax davlat pedagogika institutida tashkil eitlgan tadbirda so‘zga chiqqanlar ona tilimizing bor go‘zalligi va bugungi yoshlarimizning unga bo‘lgan e’tibori haqida to‘xtalib o‘tdilar
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
-“Davlat tili haqida”gi qonun tufayli ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish imkoniyati yuzaga keldi. Ayni paytda uni ilmiy asosda rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rildi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan yaratilgan turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari doimiy chop etib kelinmoqda. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ni olaylik. U sakson mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo‘llaniladigan so‘zlarni o‘z ichiga olgan,-deydi Jizzax davlat pedagogika instituti rektori  professor Abdug‘ani Xolbekov.
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
Tadbirda so‘zga chiqqan “O‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti Usmonjon Qosimov ,ona tili — millat g‘ururi, uning eng ulug‘ qadriyati, milliyligimiz, buyuk tariximiz, yuksak ma’naviyatimizning asosi ekanligini. Uzoq yillik tarixga ega  o‘zbek tili A.Navoiy davrida  (turkiy til) rivoji yana bir pog‘onaga ko‘tarilganligini, buyuk shoir va mutafakkiri bo‘lgan zot turkiy tilni lug‘at boyligi va nafisligi jihatidan boshqa tillardan hech ham kam emasligini o‘zining ko‘plab asarlari orqali isbotlaganligini takidlab o‘tdi. Ma’ruzachi o‘zbek tilining serma’no ekanligini ko‘rsatib beruvchi yurtimizning buyuk ijodkorlari she’rlaridan namunalarni aytib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
Shuningdek tadbir davomida so‘zga chiqqanlar  o‘o‘zbek tilida yaratilgan ko‘plab mashhur asarlar jumladan , “Qutadg‘u bilig” asaridan parcha misollarni keltirishdi. Tadbir yakunida talaba-yoshlar tomonidan buyuk ijodkorlarning ona-tilimizga atab yozilgan maqolalari va she’rlari  o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng, o‘zbek-tili va adabiyoti fakulteti talabalari tomonidan badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. Jizzax davlat predagogika instituti axborot xizmati