Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

OLIY TA’LIMDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING YUTUQLARI VA USTUVOR YO‘NALISHLARI

Jabborova Anora Javlievna Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘qitishni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini oshirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalari pedagoglari, filologlari, xorijiy tili o‘qituvchilari, tarjimon kadrlarning oldiga xorijiy tillarni chuqur o‘rganish vazifalarini, xorijiy tillarni qiyosiy o‘rganish, xorijdagi ilg‘or mamlakatlarning innovatsion pedagogik tajribalaridan foydalanish va shu asosida xorijiy tilni o‘qitishning metodikasini yaratish vazifasini qo‘ymoqda. Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish va bilimni baholash borasida zamonaviy kommunikativ kompetensiyaviy metodikalarga asoslangan innovatsion ta’lim dasturlarini xalqaro konsultantlarni jalb etgan holda ishlab chiqish va ta’lim tizimining barcha bosqichlariga joriy etish, xorijiy tillarni o‘qitish borasida yangicha yondashuvlarga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatni ko‘proq rag‘batlantirish, bunda asosiy e’tiborni ilmiy ishning amaliy samaradorligiga qaratish, ilmiy izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqilgan metodlarni bevosita ta’lim muassasalarida amaliy sinovdan o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va joriy etish, oliy ta’lim muassasalarining nofilologik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida xorijiy tillar sohalarga moslashtirgan holda o‘qitiish, xorijiy tillarini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy o‘quv-metodik hamda bilimni baholashga oid materiallarni o‘z ichiga olgan yagona ta’minotni amalga oshiruvchi, shuningdek professor-o‘qituvchilarning masofaviy tarzda malaka oshirish va onlayn sertifikatsiyalash imkoniyatini beruvchi elektron dasturiy platformani yaratish va shu kabi bir qator masalalar belgilab qo‘yilganki, bularning barchasidan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda xorijiy tillar o‘qitish tizimini takomillashtirish orqali Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy tendensiya va innovatsion pedagogik texnologiyalarini yaratish, o‘quv-uslubiy ta’minot, ta’limdagi dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning salmog‘ini oshirishga qaratilgan. Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakultetida mingdan ortiq talabalar xorijiy tillarni o‘rganmoqda. Xorijiy tillar fakultetida asosiy mutaxassislik fani sifatida ingliz tili chuqur o‘rgatilmoqda. Ikkinchi til sifatida esa nemis va fransuz tillari o‘qitilmoqda. Talabalar va professor o‘qituvchilarimiz xorijiy tillarini bilish darajasiga, ya’ni xalqaro va milliy kvalifikatsiya sertifikatlari, jumladan, IELTS, CEFR, APTIS, TKT, CELTA, TESOL kabi  sertifikatlarni olishga alohida e’tibor qaratishgan va ushbu sertifikatga ega professor-o‘qituvchilar, talabalar rag‘batlantirilmoqda. Universitet hamda Britaniya Kengashi bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik shartnomasi asosida Jizzax davlat pedagogika universitetida IELTS imtihonlari o‘tkazilmoqda. Ushbu shartnomaga ko‘ra  Jizzaxlik talaba yoshlar, abiturientlar, professor-o‘qituvchilar Toshkent shahriga bormasdan Jizzax shahrining o‘zida ushbu xalqaro imtihonni topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.  Umid qilamizki, ushbu imkoniyatning yaratilishi professor-o‘qituvchilarimiz, talabalar uchun qarorda belgilangan vazfalar ijrosini amalga oshirishga qaratilgan yana bir vosita hisoblanadi. Fakultet professor-o‘qituvchilari oliy ta’lim tizimida xorijiy tillar o‘qitish uzviyligini ta’minlash, ta’limning barcha yo‘nalishlari uchun o‘quv adabiyot va darsliklarning yangi avlodini xorijiy hamkorlar ishtirokida yaratish borasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shuningdek, professor-o‘qituvchilarni xorijiy davlatlarga ilmiy stajirovkalarga va malaka oshirish kurslariga yuborish ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi hamda bu borada jahondagi nufuzli xalqaro universitetlar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda. Xorijiy tillarni o‘qitish va o‘rganishni ommalashtirishning yana bir muhim jihati, Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning xalqaro tajribalar asosida ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratishdan iborat. So‘nggi yillarda ilmiy-administrativ amaliyotga alohida olimning va butun ilmiy jamoalarning nashr qilish faolligini tavsiflovchi bibliometrik ko‘rsatkichlar uchta asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha amaliyotga keng tadbiq qilinmoqda: WoS CC, Scopus, RINS. Ularning ichida m’lum vaqt oralig‘ida ilmiy maqolalar soni haqida ma’lumotlar, olimlar va ilmiy jamoalarning Xirsh indeksi, maqolalar chop qilingan nashrlarning impakt-faktorini ko‘rish mumkin. Scopus (http://www.scopus.com/) bazasi bugungi kunda dunyodagi yirik referativ berilgan bazalardan birini ifodalaydi. Bazasi 21000 nomdagi ilmiy-texnik va tibbiyot sohalariga doir jurnallarni, 5000 ga yaqin xalqaro nashriyotlarni o‘z ichiga oladi. Har kuni yangilanadigan Scopus bazasi yetakchi ilmiy nashriyotlarning birinchi nashrigacha bo‘lgan jurnallarni o‘z ichiga oladi. Scopusning har yili yangilanadigan bazasi yetakchi ilmiy nashriyotlar jurnallarining birinchi chiqishi, birinchi tomigacha qamrab oladi. Bugungi kunda Scopus bazasida nashr qilinadigan maqolalar ko‘plab davlatlarning OTMlarida ilmiy faoliyatni baholashning kriteriyalaridan biri sifatida qabul qilingan. Jumladan, bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida bu bazaga katta e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro jurnallar uchun ilmiy maqolalarni yozishda maqola yozish jarayonida eng keng tarqalgan xatoliklarni chuqur o‘rganib chiqish lozim. Muallaflarga quyida bir nechta tavsiyalarni berib o‘tamiz. Maqolani keraksiz m’lumotlar bilan to‘ldirmang. Maqola matnini yozishni boshlashdan avval ilmiy bazalarda nashr qilinadigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar bilan tanishib chiqing, chop qildirishni xohlagan jurnal talablariga to‘la rioya qiling. Ilmiy maqolangizni hamkasblaringiz, hattoki ingliz tili ona tilisi bo‘lgan xorijlik mutaxassislar bilan muhokama qilishingiz maqsadga muvofiqdir. Xorijlik mutaxassislar har qanday mavzudagi eskirgan bibliografiyani ajratib olishlari mumkin. Maqolangizda so‘nggi ellik yillikdagi chop qilingan tor sohadagi yuzlab maqolalar chop qilingan ilmiy muammoning zamonaviy holatini bayon qilishga harakat qiling, mavzuga tegishli bo‘lgan 10-12 dan ortiq ilmiy faktlarni yozishga harakat qiling (har biri uchun –axborot manbasini ko‘rsatgan holda). Scopus bazasi jurnallari taqrizchilari maqolani uchta asosiy kriteriya bo‘yicha ko‘rib chiqadi: takrorlanganlik, laboratoriya tahlili metodlari, statistik ishlov berish metodlari. Jadval va grafik ma’lumotlarni matnda takrorlamang. Hajm uchun «Natijalar» (Results) ni kengaytirishga harakat qilmang. Annotatsiyada maqola bo‘limlaridagi gaplarni ko‘chirib olmang – ularni mos holda o‘zgartiring. Annotatsiya – bu ilmiy maqolaning “reklama qalqoni” – dunyo bo‘yicha yuzlab bazalarga nusxalanadi. Shu sababli, u yetarlicha to‘la, tushunarli, tugallangan va asosiysi qiziqarli bo‘lishi lozim. Indekslanuvchi nashriyotda chop qilinadigan har qanday sifatli maqola o‘z ichiga quyidagi elementlarni olishi lozim:
  1. Abstract / Annotatsiya
  2. Key words / Kalit so‘zlar
  3. Introduction / Kirish
  4. Literature review / Adabiyotlar tahlili
  5. Methods / Metodlar
  6. Results / Natijalar
  7. Discussion / Natijalar muhokamasi
  8. Conclusion / Xulosa
  9. Reference list / Manbalar ro‘yxati
  10. Acknowledgements / Tashakkurnoma
Sifatli jurnallar va tekshirilgan xalqaro bazalarni olgan manbalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ✓ http://www.scimagojr.com/journalrank.phphttps://www.elsevier.com/catalog?producttype=journalhttps://uk.sagepub.com/en-gb/eur/homehttp://www.springer.com/gp/   Yelsevier kompaniyasining Scopus  bazasida maqolaning nafaqat annotatsiyasi va bibliografiyasini, balki ilmiy olamda uning nufuzi, darajasini (iqtiboslik indeksi) bilish va uni o‘qiganlar ishlari bilan ham tanishish mumkin. Xalqaro ilmiy jurnallarga maqola tayyorlashda keltirib o‘tilgan m’lumotlar sizga yaqindan yordam beradi deb o‘ylaymiz. Maqola yozing, ilmiy jurnallarda nashr qildiring va O‘zbekiston Respublikasi ta’limining yanada rivojlanishiga o‘z hissangizni qo‘shing.