Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/10/2022
Chop etish
“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi ishlamoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 175-son qarori hamda Universitet rektori prof. Sh.S.Sharipov tomonidan 2022 yil 20-sentabrda tasdiqlangan Jizzax davlat pedagogika universiteti «Ota-onalar kengashi» jamoatchilik tuzilmasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom talablari ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yil 14 oktabr sanasida universitet madaniyat saroyida Pedagogika va psixologiya  fakultetining ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda universitet ichki odob-axloq qoidalari, o‘quv jarayonlari (hemis, kredit-modul tizimi), fakultetda tashkil etilgan markazlar hamda to‘garaklari haqida gapirildi. Shuningdek, muhim tashkiliy masala ota-onalar kengashi tuzildi, unga rais, o‘rinbosar hamda kotiblar ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi. Kengashning keyingi faoliyati, maqsad va vazifalari haqida kelishib olindi. Shundan so‘ng fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturiga navbat berildi. Talabalar chiqishlaridan, tashrif buyurgan ota-onalar mamnun bo‘lishdi.


Ulashish:
2 347
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.