Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Maxsus ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar

Joriy yilning 30 noyabr kuni Jizzax davlat pedagogika  instituti axborot-resurs markazida Pedagogika fakulteti bilan hamkorlikda “INFOLIB UZBEKISTAN”   Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Maxsus ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar”  mavzusida tadbir o‘tkazildi.

         Tadbirni institut ma’naviyat ishlari bo‘lim boshlig‘i F. Qo‘shnazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi:  “Axborot-resurs markazida imkoniyati cheklangan  talaba-yoshlarning o‘qib, bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.Ular orasida bilimli va iqtidorli talabalar ko‘pchilikni tashkil etadi”.

          So‘ngra, tadbirni  Defektologiya kafedrasi mudiri                                  prof. G‘.S.Arifxodjayev davom ettirib, “Maxsus ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida so‘z yuritdi va  imkoniyati  cheklangan talabalar uchun yo‘lga qo‘yilgan ta’limning maxsus usul va vositalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 Kafedra o‘qituvchisi  G. Temurova so‘z olib, institutda faoliyat olib borayotgan Defektologiya yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunda ta’limning bu sohasiga doir dolzarb vazifalarni amaliy hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr yuritdi.

           Shundan so‘ng, ARM bo‘lim boshlig‘i G.Irgasheva imkoniyati cheklangan talabalar uchun mo‘ljallangan maxsus NVDA dasturidan foydalanish usullari    xususida tushuncha berdi. Tarix fakulteti 1-bosqich talabasi R.Normatov mazkur dasturning afzallik   tomonlarini barcha ishtirokchilarga  amalda ko‘rsatib berdi.

          Shuningdek, ARM yetakchi mutaxassisi S.Isroilova axborot-resurs markazida imkoniyati cheklangan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, foydalanish qoidalari to‘g‘risida ma’lumot berdi va tadbir mavzusiga doir tayyorlangan “Kitob –ko‘ngil boyligi” mavzusidagi adabiyotlar ko‘rgazmasini qisqacha sharhlab berdi.

          Shundan so‘ng, ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar: Rus tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Jumayev Jasur barcha fanlardan audio disklar bo‘lishini, Xorijiy tillar fakulteti 1-bosqich talabasi E’zoza Safarova  ARM da ru.sayti doimiy ishlab turishini , Xorijiy tillar fakulteti 1-bosqich talabasi Dilshod Abulqosimov NVDA dasturini 3-elektron darsliklar bo‘limiga ham o‘rnatishni  taklif qilishdi.

          Viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi mutaxassisi D.Ibodova o‘z hayot tajribasi , talabalik davri , ko‘zi ojizlar uchun viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida gapirib, bilim olish uchun izlanish zarurligini ta’kidladi. Tadbir ishtirokchilari mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblarni oldilar.

          Tadbirni ARM direktori R.Ishnazarova yakunlab, ishtirokchilarning o‘qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.