Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/04/2021
Chop etish
Mahalla oliy ta’lim ko‘magida “madaniyat o‘chog‘iga” aylanadi

Yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birgalikda ularni -umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalash, masalasi davlatimiz doimiy diqqat-e’tiboridadir.

Ushbu mas’uliyatli ishlarni amalga oshirishda o‘zaro chambarchas bog‘liq uch omil — oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligi muhim ahamiyatga ega.

2021 yil 13 aprel kungi Yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektorda davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev  har bir o‘g‘il-qizga e’tibor qaratish zarurligi xususida kuyinchaklik bilan fikr yuritib, mahallalarda uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash, yoshlarga yanada ko‘proq e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof. Sh.S.Sharipov tashabbusi bilan  “Biz siz bilan doim birgamiz” g‘oyasi ostida o‘tkazgan xayriya tadbiri ana shu chaqiriqqa javob bo‘la oldi desak adashmagan bo‘lamiz.

Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarda natijadorlikka erishish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash, imkoniyati cheklanganlar, xususan mahalladagi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar holidan xabar olish, uyushmagan yoshlarni  turli to‘garalarga jalb qilish, ularning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda ko‘maklashish qolaversa ushbu mahallani “Ma’naviyat markazi”ga aylantirish kabi ezgu niyatlarni o‘z oldiga maqsad qilib olgan “Biz siz bilan doim birgamiz” xayriya tadbiri Zarbdor tumanidagi “Yoshlik”  MFY dagi 29 umumta’lim maktabida  bo‘lib o‘tdi

 

Institut professor-o‘qituvchilari, magistrlari, “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari, ota-onalar va yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir  institut rektori Sh.S.Sharipov  va mahalla ahlining, xususan  bitiruvchi yoshlarning ota-onalari ochiq muloqoti bilan boshlandi.

Gulsara Qarshieva bugun Yoshlik MFY da uy bog‘chasini ochgan. Oila a’zolar xususan kelini shu bog‘chada yordamchi. Onaxon kelinining oliy ma’lumotli bo‘lishini istaydi. Bo‘lib o‘tgan suhbatda onaxon kelinini ham shu oliygohda bepul tayyorlov kurslarida o‘qitish istagi borligini bildirdi. Gulsara Qarshievaning murojaati ijobiy hal bo‘ldi. Shu qatorida farzandlarini bepul tayyorlov kurslarida o‘qitish hamda turli to‘garaklarga (jumladan kompyuter savodxonligi, xorijiy tillarga) a’zo qilish istagida bo‘lgan  mahalla ahlining murojaatlari  ham o‘z joyida hal qilindi. Ularning farzandlari qiziqish va intilishlariga qarab tayyorlov kurslarida bepul o‘qitiladi.

Zarbdor tumanidagi 29 umumta’lim maktabi bitiruvchilarining  OTMlariga kirishi past ko‘rsatkichli maktablardan biri hisoblanadi. Oxirigi uch yil davomida ushbu maktab bitiruvchilaridan birontasi ham OTM lariga kirmagan. Shu bois Ushbu ta’lim muassasasi Jizzax davlat pedagogika instituti  homiyligiga olingan bo‘lib, joriy yilda  maktabni bitirayotgan  47 nafar bitiruvchi yoshlarga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan  bepul-doimiy  dars mashg‘ulotlari hamda tayyorlov kurslari olib borilmoqda. Bundan nafaqat bitiruvchi yoshlar balki ularning ota- onalari ham mamnun.

Bayramona tus olgan maktab hovlisida  milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi liboslar, qadimiy qo‘l mehnati namunalari shuningdek iqtidorli o‘quvchilarning sa’nat asarlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan bo‘lsa bir tomonda kuy qo‘shiq avjida.

Institut badiiy jamoasi tomonidan tayyorlagan chiqishlar davomida mahalla ahli, yoshlar chin dildan yayrashdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Tadbir davomida   mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash uchun tanlangan namunali talabalar o‘zlariga   biriktirilgan  tengdoshlariga ,  “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga va iqtidorli o‘quvchilarga kitoblar to‘plamini sovg‘a qilishdi. Shuningdek mahalladagi   “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimioiy ko‘makka muhtoj ayollarga ham  xayriya sovg‘alari topshirildi.

“Mamlakatimizda navqiron avlod manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zarur shart-sharoitlar yaratib berish masalalariga katta e’tibor qaratilayapti..  Xususan, Zarbdor tumanidagi 29 umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbir  ham uyushmagan yoshlar ijtimoiy qatlamini o‘rganish, yigit-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, qayta tayyorlash va bandligini ta’minlash, institut hamda maktab va mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorligini takomillashtirish masalalariga qaratilgan.”-deydi instituti rektori Sh.S. Sharipov.

F

Tadbir so‘ngida Yoshlik MFYda istiqomat qilayotgan 10 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olinib 10 turdagi oziq –ovqat mahsulotlaridan iborat xayriya-ehsonlar tarqatildi.


Ulashish:
811
Boshqa rubrikalarda mashhur

Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida ota-onalar ishtirokida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida yoshlar tarbiyasi va ta’lim-tarbiya jarayonida ota-ona, ustoz hamda jamiyat hamkorligini kuchaytirish masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Yangi o‘quv yiliga katta sovg‘a: JDPU “Bog‘ishamol” hududida zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bilim olishi, mehnat qilishi va hayotdan munosib o‘rin topishiga qaratilgan ezgu ishlar tobora kengayib bormoqda. Mustaqilligimizning 34-yilligi va yangi...
Jizzax davlat pedagogika universitetida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti hududida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir Jizzax viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi...