Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
23/10/2017
Chop etish
Kutubxona –ziyo maskani

Joriy  yilning 23 oktabr kuni Jizzax davlat pedagogika instituti axborot – resurs markazi talabalar turar joyi tarmog‘ida   “Kutubxona –ziyo maskani” taqdimot tadbiri tashkil etildi. Tadbirga TTJda yashovchi barcha fakultet talabalari, axborot-resurs markazi xodimlari va TTJ tarbiyachilari ishtirok etdi.

Taqdimot tadbirini axborot-resurs markazi direktori R. Ishnazarova kirish so‘zi bilan ochib berdi va ARMning umumiy ish faoliyati mazmuni to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi.

  ARMning talabalar turar joyi tarmog‘i kutubxonachisi N. Usmonova so‘z olib, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondining sohalar bo‘yicha tarkibi, kutubxonadan foydalanish qoidalari to‘g‘risida batafsil m’lumot berdi.

Shundan so‘ng, ARM yetakchi mutaxassisi S. Isroilova TTJ tarmog‘ida tashkil etilgan turli mavzudagi  adabiyotlar ko‘rgazmasini qisqacha sharhlab berdi. Jumladan, “Sharof Rashidov –elning suyukli farzandi”, “Yangi adabiyotlar sizlar uchun”, “O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimov asarlari” ko‘rgazmalari orqali talabalarga umumiy tushuncha berildi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga yetarlicha ma’lumot oldilar.

 Tadbir so‘ngida, Respublikamizda  keng nishonlanishi kutilayotgan muhim tarixiy sana – buyuk davlat  va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va joylarda tashkil etilayotgan ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar xususida ARM bo‘lim boshlig‘i M. Hayitova kitobxonlarga o‘z fikrini bildirdi. Shuningdek, mMaktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 1- kurs talabasi Q. Yoriyeva va Tarix fakulteti 3- kurs  talabasi K. Haydarovlar  Sh. Rashidov hayoti va ijodiy faoliyati to‘g‘risida fikr bildirdi. Tabiiy fanlar fakulteti 1-kurs talabasi I. Saidova shoir A. Oripovning Sh. Rashidov xotirasiga bag‘ishlangan she’rini o‘qib berdi.

Taqdimot tadbirini ARM yetakchi mutaxassisi S. Isroilova yakunlab, talabalarning o‘qish va ishlariga omad tiladi.


Ulashish:
2 555
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpoq yoshlari Jizzaxda: mazmunli uchrashuvlar va yangi tashabbuslar.
Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi dastlab universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalari, Registrator ofisi, Axborot-resurs markazi, muzeyi va sport inshootlari faoliyati bilan tanishdilar.
Jizzaxda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining respublika final bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Amir Temur vorislari”...