Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Kurashish qoidalari va xususiyatlari, kurashish tartibi

Komilov Azizjon Xoshimovich Jizzax davlat pedagogika instituti, Jismoniy madaniyat fakulteti, Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedra o’qituvchisi ANNOTATSIYA Kurashchilar xam gilamga chiqishdan oldin va uni tark yetishda, Kurash maydoniga kirishda va undan chiqishda, xar bir olishuvning boshlanishida va oxirida o’ng qo’llarini chap ko’krakka qo’yib ta’zim qiladilar. Kurash maydoni oldidagi ta’zimdan so’ng Kurashchilar maxsus belgilangan joyga qadar to’g’riga yurishlari shart, keyin o’ng qo’lni chap ko’ksiga qo’yib, bir-birlariga ta’zim qilishlari shart. Kalit so’zlar: Kurash , raqib, gilam, hakam, mashq, yakka, kuch, chalish, pahlavon. ABSTRACT Wrestlers also bow before and on the mat, entering and exiting the wrestling arena, placing their right hands on their left chest at the beginning and end of each fight. After bowing in front of the wrestling arena, the wrestlers must walk straight to the designated place, then place their right hand on their left chest and bow to each other. Keywords: Wrestling, opponent, carpet, referee, exercise, solo, strength, wrestling, wrestler. KIRISH Mustaqil Davlatimiz tomonidan «Ta’lim to’g’risidagi qonun» va O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimov tomonidan 24.10.2004-y. da «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish fondini tashkil etish to’g’risida»gi qarori qabul qilinishi bilan turli geografik va ekologik sharoitlarda yashovchi bolalar va o’smirlarni jismoniy rivojlanishini o’rganish dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. O’zbek xalq o’yinlari xalqning o’ziga xos urf-odatlaridan, turmush sharoitidan, yashash iqlimi, tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo’lib, shularga yarasha jinsiga, yoshiga, salomatligiga ko’ra qo’llanilgan. Shu jumladan kurash sport turidan ham bir qancha keng kolamda ishlar olib borilmoqda. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
  1. Kurash qoidalarining xususiyatlari Kurashda raqibni ushlab olganda, ko’targanda oldinga, orqaga yoki yonga harakatlanish mumkin. Uni yerdan ko’targan zahoti tezkor aylantirish, orqa-oldi, yon tomonlarga tashlash kerak. Yerdan ko’tarishda chapga yoki o’ngga tez o’girilish shart va bunda raqibni yon tomonga yoki kurakka tashlanadi. Xar bir olishuv boshlanishidan oldin uchta xakam (o’rtadagi xakam, ikkita yon xakam) musobaqalar o’tkaziladigan maydonning chetiga birgalashib turishadi, ung qo’llarini chap ko’krakka qo’yib, o’z joylarini yegallashdan oldin ta’zim qiladilar. Musobaqalar o’tkaziladigan maydondan chiqishdan oldin xakamlar takroran chetda yig’iladilar va o’ng qo’llarini chap ko’krakka qo’yib tomoshabinlar ko’p tomonga qarab, ta’zim qiladilar.
  2. Kurashchilar xam gilamga chiqishdan oldin va uni tark yetishda, Kurash maydoniga kirishda va undan chiqishda, xar bir olishuvning boshlanishida va oxirida o’ng qo’llarini chap ko’krakka qo’yib ta’zim qiladilar. Kurash maydoni oldidagi ta’zimdan so’ng Kurashchilar maxsus belgilangan joyga qadar to’g’riga yurishlari shart, keyin o’ng qo’lni chap ko’ksiga qo’yib, bir-birlariga ta’zim qilishlari shart.
  3. Xakam olishuv natijasini ye’lon qilgandan so’ng Kurashchilar yana bir bor o’ng qo’llarini chap ko’ksiga qo’yib bir-birlariga ta’zim qiladilar va gilamdan chiqib ketadilar.
  4. Xakam va yon tomondagi xakamlar tayyorgarlik xolatida olishuvdan oldin, Kurashchilar gilamga chiqishlaridan oldin turishlari shart.
  5. Xamma ta’zimlar bo’yin va gavdaning yegilishi orqali bajariladi. Agar Kurashchilar ta’zimni bajarmasalar, xakam uning bajarilishini talab qilishi shart.
  6. Gilamdagi xakamlar maydonni nazorat qilar yekanlar, gilamning usti tekis, toza, tatamilar orasi ochiq bo’lmasligiga, yon xakamlar kursilari o’z joylarida joylashishlariga va Kurashchilar belgilangan qoida talablariga javob berishlariga ye’tibor qaratishi shart. Xakam gilam o’rtasida vaqt ro’yxatga olinadigan stolga qarab tik xolatda turishi kerak.
Xakam «TO’XTA» buyrug’ini berar yekan, Kurashuvchilarni ko’rib turishi kerak, agar ular buyruqni yeshitmay qoladigan xol kelib chiqsa, o’rtadagi xakam tezda ularga yaqinlashib to’xtatadi. XXII. Jamoa raxbarlari, murabbiylari va vakillari.
  1. Bosh xakam va uning yordamchilari bilan to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish xuquqiga faqat jamoa raxbari, murabbiy yoki vakili yegadir.
  2. Jamoa raxbari Kurashchilarning kiyimiga va ularning o’z vaqtida gilamga chiqishiga xamda umumiy tartib-intizomiga javobgardirlar.
  3. Bosh xakam va xakamlar qatorida jamoa boshlig’i xam qur’a tashlashni o’tkazishda qatnashadi.
  4. Kurash jarayonida jamoa raxbarlari uchun joy ajratilib, ular o’z o’rinlarida bo’lishlari shart.
  5. Jamoa raxbarlari yoki murabbiylari xakamlik guvoxnomasi bo’lgan takdirda musobaqa xakami vazifasini xam o’tashlari mumkin.
  6. Yuqoridagilarga amal qilmagan raxbarlar o’z vazifasidan bo’shatilib, bu xaqda tegishli tashkilotlarga xabar qilinadi.
  7. Gurux murabbiyi olishuv vaqtida belgilangan joyda yoki gilam atrofida 2 m masofada turishi mumkin.
  8. Gurux murabbiyi o’z Kurashchisi tan jaroxati olgan vaqtda belgilangan tartibda shifokor tomonidan tibbiy yordam ko’rsatilayotgan vaziYatda xozir bo’lib turishi mumkin, ammo gilam chetidagi va o’rtasidagi xakamlar xaroriga itoat qilmasligi yoki ularni xaqorat qilishi taqiqlanadi.
  9. Yuqoridagilarga gurux murabbiyi itoat yetmasa, o’rtadagi xakam olishuvni boshqaruvchi xakamdan murabbiyga «DAKKI» ogoxlantirish berishni talab qilishi mumkin, bu xol Yana qaytarilsa, olishuvni boshqaruvchi xakam «IRROM» ogoxlantirishini ye’lon qilib, uni olishuvdan chetlatishi mumkin.
NATIJALAR Kurashchilar vaznlarini aniqlash tartibi
  1. Musobaqaning qaysi xar qanday vazn toifalarida olishuvlar o’tkazilsa, o’sha vazn toifasiga qatnashuvchi Kurashchilarning vaznlari musobaqa boshlanishidan ikki soat oldin o’lch
  2. Vaznlarni o’lchash 1 (bir) soatdan ortiq davom yetmasligi kerak, agar qatnashuvchi ko’p bo’lib, bir tarozida o’lchab ulgurilmasa, bosh xakam ruxsati bilan tarozini ikkita yoki uchta qilish mumkin, ammo xar bir vaznda Kurashuvchi polvonlar albatta, bitta tarozida o’lchanishi shart.
  3. Kurashchilar o’lchanishga o’z shaxsini tasdiqlovchi xujjat bilan kirishlari
shart.
  1. Vaznini o’lchatmagan Kurashchi, bu vazn toifasidagi olishuvlarga qo’yilmaydi.
  2. O’lchanish paytida Kurashchilar pastki ich kiyimdan boshqa kiyimda bo’lmasiklari shart.
  3. Kurashchilar vaznlarini aniqlash jarayonida Bosh xakam tomonidan tuzilgan komissiYa: bosh xakam yordamchisi, kotib, tibbiyot xodimi, 2-3 ta xakamlar bo’lishi kerak. Tarozidan vaznini aniqlab o’tgan Kurashchilar familiyasi o’lchanish bayonnomasida qayd qilib boriladi.
(Bosh xakam ruxsati bilan) mutloq vaznda Kurashishlari mumkin. Barcha vazidagilar tibbiyot ruxsati bilan musobaqada ishtirok yetishi shart, aks qoldi Boshxakam javobgardir. Olishuv vaqti Musobaqalarda -4-7 yoshli bolalar va qizlar uchun olishuv vaqti 2 minut; -8-10 yoshli bolalar va qizlar uchun olishuv vaqti 2 minut; -11-16 yoshli o’smirlar va qizlar uchun olishuv vaqti 3 minut; -16-35 yoshli kattalar va ayollar uchun olishuv vaqti 4 minut -16-35 yoshli kattalar va ayollar uchun olishuv vaqti 3 minut -36-56 kattalar o’rtasidagi olishuv 2 minut; Musobaqaga qatnashish uchun Kurashchilardan qilinadigan talablar.
  1. Musobaqa qatnashchilaridan quyidagilar talab qilinadi:
– SHaxsini va yoshini bildiruvchi xujjat, yuqorida zikr yetilgan -maxsus liboslar, Kurashchining maxorat darajasini aniqlovchi guvoxnoma (razryad); – qaysi jamoaga mansubligi xaqida muxrlangan guvoxnoma, shifokor ruxsati haqida ma’lumot. Yuqorida ko’rsatilgan xamma xujjatlar musobaqadan oldin mandate komissiyasida ko’rilib, bosh shifokor va komissiYa a’zolari tomonidan tasdiqlanadi. Yuqoridagi shartlar va talablarning bajarilishi uchun jamoa rahbarlari javobgardirlar. REFERENCES
  1. A.I.Sultonov. МУЕАЛЛИМ ЭМ YЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИУ. Belbog’li kurash qoidalarining xususiyatlari.2021y
  2. A.I.Sultonov NOVATEUR PUBLICATIONS JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal. PHYSICAL QUALITIES AND THEIR ESSENCE.2021y
  3. Шукурллаев Ж.М. 7-14 ёшли мактаб укувчиларини волейбол спорт турига танлаб олишнинг методик хусусиятлари. «MyFa^raM х,ем узликсиз билимлендириу» 2-сон. 2019-йил. Некис.ш. Б.153-156.
  4. A.I.Sultonov ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. МАКТАБ УКУВЧИЛАРИНИ ЖИСМОНАН ТАРБИЯЛАШДА ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ У^ИТУБЧИЛАРИНИНГ УРНИ.2021у.
  5. Kurash turlari va uiri o’qitish m-etodiliasi. A.I.Sultonov.2021у.
  6. Утепбергенов А.К. Шукруллаев Ж. М. PRELIMINARY STAGES OF DIDAKTIKS IN THE PROCESS OF AKMEOLOLOGIKAL APPROACH TO VOLLEYBALL SPORTS. 28-31. METHODICAL RESEARCH JOURNAL.
  7. A.I.Sultonov Academic research in educational sciences academic research in educational sciences. БАСКЕТБОЛ БУЙИЧА МУСОБАКАЛАРНИ УТКАЗИШДА МУСОБА^А КОИДАЛАРИНИНГ АМИЯТИ.2021у.
  8. K.D.Yarashev Jismoniy larbiya va sportni boshqarish. Toshkent. «Abu All ibn Sino» 2002 yil.
  9. Шукурллаев Журабек Максадбаевич. Волейбол спорт тури воситасида мактаб укувчиларида жисмоний сифатларни ривожлантиришда акмеологик ёндашувнинг дидактик имкониятлари. Халк таълими. № 5 2021 йил 28-30-бет.
  10. Шукурллаев Журабек Максадбаевич. Кластер ёндашув асосида волейболчиларнинг жисмоний курсаткичларини ривожлантириш. Халк таълими. № 5 2021 йил 57-59-бет.