Kitob millat ko‘zgusi(mi?)…
Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi …
Oliygohning Ma’naviyat targ‘ibot markazi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning biri “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish” bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida o‘tkazilgan davra suhbati “MENGA SABOQ BERGAN KITOB” shiori osti bo‘lib o‘tdi.
Ijtimioiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan davra suhbatida Jizzax davlat pedagogika instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Nazarqosimov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri B. Ochilova, O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti Yu. Karimova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti B.Toshboev, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari Sh. Axrorova, S.Karimovlar bilan birgalikda institutimizning barcha fakultetlaridan bilimli, faol talabalar ishtirok etishdi. Unda so‘zga chiqqanlar kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitob mutoalasi, zamonaviy elektron kutubxonalar va mavjud muammolar to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Davra suhbati so‘ngida eng faol ishtirok etgan talaba yoshlar estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati