Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/10/2019
Chop etish
keksalar xaftaligi

Jizzax davlat pedagogika institutida BMTning keksalar xaftaligi munosabati bilan turli tadbirlar tashkil etildi.

 

A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika institutida 1-7 oktyabr kunlari BMTning keksalar xaftaligiga bag‘ishlab barcha fakultetlarda sport musobaqalariga start berildi. Oliygohning ochiq sport majmuasida o‘quv dargohining fahriy professor-o‘qituvchilari ishtirokida futbol bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, “Jismoniy madaniyat” fakulteti sport zalida professor-o‘qituvchilar ishtirokida shashka, shaxmat va sportning boshqa turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Hafta davomida institutining “ Madaniyat saroyida ” Sa’natshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida kuy-qo‘shiqlar jonli ijroda kuylanib, institut badiiy jamoasi o‘z maxsus repertuari bila yig‘ilganlarni xushnud etdi. Shuningdek oliygohda tashkil topgan «Istedod» talaba teatri  ham  faxriy uztozlar uchun turli sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi.

Shundan so‘ng, faxriy professor-o‘qituvchilar “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurdilar.

Institutimizning chet-tillar fakulteti professori U.Pirnazarov hamda shu fakultet dotsenti  A. Boymatovlarning 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan ham haftalik doirasida  tadbirlar tashkillashtirildi. Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati ustozlarni mehnatlarini qadrlab kasaba uyushmasi va jamoa tashkilotlari tomonidantashkillashtirilgan esdalik sovg‘alarini o‘z egalariga topshirishdi.

Institutimizning barcha fakultetlarida ham professor-o‘qituvchilar ishtirokida sportning turli yo‘nalishlarida musobaqalarga start berilib, faxriy ustoz va murabbiylar, talabalarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

 

                           Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati .   


Ulashish:
1 172
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.