Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/10/2021
Chop etish
Jizzaxda “Brooke House College Futball Akademy” futbol maktabi murabbiylari mahorat darslari o‘tkazishdi.

Toshkentda Angliya metodikasi asosida yosh futbolchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan  “Brooke House College Futball Akademy”  nomidagi birinchi futbol maktabi ochilganidan ko‘pchilikning xabari bor bo‘lsa kerak. Ta’kidlash joiz Yevropa standartlari asosida yosh futbolchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan ushbu loyiha O‘zbekistonda yuqori darajali futbolchilar tayyorlash tizimiga muhim hissa qo‘shadi. Ushbu futbol maktabining Angliyadagi texnik direktori  futbol afsonalaridan biri Micky Adams bo‘lib, bugun  Jizzax davlat pedagogika isntitutiga ana shu maktabning Toshkentdagi filiali ijrochi direktori Shuhrat Ernazarov boshchiligida bir guruh, Angliyalik futbol murabbiylari tashrif buyurishdi.

Jizzax davlat pedagogika isntituti hovlisida bo‘lib o‘tgan tadbirda mehmonlar avval milliy sport o‘yinlari ko‘rgazmasida ishtirok etishdi. Shundan so‘ng yosh futbolchilar va Angliyalik murabbiy Tony Mccallen ishtirokida mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Akademiya vakillarining so‘zlari ko‘ra, tashkil etilgan “Brooke House College Futball Akademy”  futbol maktabida 11 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan har bir tarbiyalanuvchi uchun eng muvofiq dastur tanlab olinadi. Yevropa metodikasiga ko‘ra, bu yerda bolalar futbol sir-asrorlarini mukammal egallashi bilan bir qatorda ularning yetuk inson bo‘lib tarbiya topishiga ham urg‘u beriladi.Shuningdek Maktabda faoliyat olib boradigan murabbiylar uchun Yevropada malaka oshirish imkoniyati yaratiladi.

 

\

 

— Viloyatlardan ham “Brooke House College footboll Academy” futbol akademiyasiga yosh iqtidorli futbolchilar saralanib olinayotganidan  juda xursandman, – deydi Tony Mccallen  – Biz  bolalar hayotiga katta o‘zgarishlarni olib kirish niyatidamiz. Umid qilamanki, akademiyamiz mamlakatda futbolni rivojlantirishda amaliy yordam beradi.

 

Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati  bilan bo‘lib o‘tgan  suhbat davomida  Angliyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi futbol mahorat maktablarini yangi bosqichga ko‘tarish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini yanada rivojlantirish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi. Bo‘lib o‘tgan mahorat darslari so‘ngida mehmonlar eng faol yosh futbolchilarga  akademiya  logotipi tushirilgan sport kiyimlarini  taqdim etishdi.O‘z navbatida  oliygohga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlarga  esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 


Ulashish:
1 974
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kengash yig‘ilishida Marlen Zoidovich Djelyalovning yangi lavozimga tayinlangani e’lon qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga muvofiq, Djelyalov Marlen Zoidovich Jizzax shahridagi “Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi filialining Yoshlar...
U18 O‘zbekiston chempionati: Jizzax viloyati jamoasi — chempion!
2026-yil 6–11-fevral kunlari Toshkent shahrida, Olimpiya shaharchasining basketbol maydonida U18 toifasidagi yoshlar va qizlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yuqori saviyada tashkil...
JDPUda Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan anjuman bo‘lib o‘tdi
 11-fevral Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot resurs markazi konferensiya zalida “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida anjuman...