Jizzax davlat pedagogika instituti konferensiya zalida 15 mart 2018 yil soat 18-00 da Jizzax viloyat «Qatag’on qurbonlari» muzeyini tashkil qilishga doir seminar yigilishi bo’lib o’tdi.
Seminarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Qatag`on qurbonlari xotirasi Davlat muzeyi direktori Hasanov Bahtiyor Vahapovich, Davlat muzeyi direktorining ilmiy ishlar bo`yicha director o`rinbosari Zikrillayev Murod Fayzullayevich, Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof. A.J.Xolbekov va institut professor- o`qituvchilari ishtirok etdi.
Seminarni institutimiz rektori prof. A.J. Xolbekov kirish so`zi bilan ochib berdi va so`zni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Qatag`on qurbonlari xotirasi Davlat muzeyi direktori Hasanov Bahtiyor Vahapovichga berdi.
Bahtiyor Vahapovich o`z so`zini bayon etish jarayonida ushbu tashkil qilinadigan muzeyning hozirgi kunda asosiy maqsadini va muzeyni tashkil etishda nimalarga alohida e`tibor berish kerakligini aytib o`tdi, shuningdek kelajak avlod, yoshlar tarbiyasida ushbu mezeyning o`rni muhim ekanligini qayta qayta ta`kidladi.
Shuningdek Baxtiyor Vahapovich muzey tuzilishi strukturalari haqida tushunchalar berib o’tdi instutut professor o’qituvchilaridan iborat ishchi guruhi shakllantirildi va ishchi guruh ishlari yig’ilishda muhokama qilindi.