Tadbir universitet jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy birlikni mustahkamlash hamda bayram shukuhini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqalar doirasida futbol, velosport va shaxmat bo‘yicha bellashuvlar tashkil etilib, unda universitetning turli kafedralaridan professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar faol ishtirok etdilar.Futbol musobaqasi: Universitet jamoalari o‘rtasida o‘tgan ushbu turnir murosasiz va qiziqarli o‘yinlarga boy bo‘ldi. Jamoalar o‘z mahoratini namoyish etib, final bahsida g‘olib aniqlandi.
Velosport musobaqasi: Ushbu bellashuv universitet hududida belgilangan maxsus yo‘nalish bo‘ylab o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z chidamliligi va tezkorligini sinovdan o‘tkazdilar.
Shaxmat turniri: Aql-idrok va strategik fikrlash muhim bo‘lgan bu musobaqada qatnashchilar o‘z bilim va mahoratini namoyish etdilar.