Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/02/2026
Chop etish
“Oliy ta’limda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya qizg‘in va mazmunli tarzda davom etmoqda.

Anjuman doirasida University of Georgia professorlari ishtirokchilarga ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or tajribalar bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etmoqda.

Ma’ruzalarda, xususan, sun’iy intellektning til o‘qitish jarayonidagi afzalliklari va ehtimoliy xavflari, uni dars samaradorligini oshirishda samarali qo‘llash imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalarni kichik guruhlarga bo‘lish orqali ularning yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, turli interaktiv metodlardan foydalanish hamda ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.

Konferensiya doirasida ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni o‘qitishda hududiy muhit, milliy urf-odatlar va tarixiy omillarning ahamiyati, ularning til o‘rganish jarayoniga ta’siri ham alohida ta’kidlandi. Ekspertlar til ta’limida madaniy omillarni hisobga olish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

Shuningdek, til ehtiyojlarini aniqlash asosida o‘quv rejalarini takomillashtirish, xorijiy tillarni amaliyotda samarali qo‘llash, talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha ham ishtirokchilarga muhim ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

 


Ulashish:
2 295
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.