Uncategorized
Uncategorized
|
23/02/2026
Chop etish
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Ma’lumki, joriy yil 21-fevral sanasidan boshlab universitetda University of Georgia hamda GATESOL Conferences bilan hamkorlikda xalqaro anjuman o‘tkazilgan edi. Mazkur mahorat darslari ushbu anjumanning mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi.

Seminar-treninglar xorijlik ekspertlar — David Chiesa, Alisa Leckie, Rebecca Raab, Amy Morales hamda Susan Mann tomonidan olib borildi. Har bir mutaxassis o‘z yo‘nalishi doirasida taqdimot va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Interaktiv formatda tashkil etilgan darslar talabalarga zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan tanishish, xalqaro tajriba almashish hamda kasbiy motivatsiyani oshirish imkonini berdi. Forum doirasidagi ushbu tadbir kelajak pedagoglarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 772
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.