Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/02/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumdan avval tashkil etilgan uchrashuvda musiqa ta’limi yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich ochib berdi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Tomonlar musiqa ta’limi, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma loyihalar hamda madaniy-ma’rifiy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar, takliflar tinglandi.

O‘zMMSI rektori Shermonov Eldor O‘rolovich xorijiy hamkorlar orqali iqtidorli talabalar va professor-o‘qituvchilarni chet elda malaka oshirishga yuborish tashabbusini ilgari surdi. JDPU rektori Maksudjan Yuldashev esa mazkur yo‘nalishda aniq “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish zarurligini ta’kidlab, turli tanlovlar o‘tkazish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Imzolangan memorandumga ko‘ra, tomonlar yoshlarni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirish, musiqiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish, milliy madaniyatga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash yo‘nalishlarida hamkorlik qiladi. Shuningdek, axborot va elektron resurslar almashinuvi, seminar va konferensiyalar, mahorat darslari, ko‘rgazma va festivallarni birgalikda tashkil etish, grant loyihalarini ishlab chiqish, o‘quv dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish, kredit-modul tizimini joriy etishda o‘zaro tajriba almashish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar musiqa ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning dars jarayonlarida ishtirok etdilar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, ovoz yozish studiyasi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.


Ulashish:
2 092
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi
Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”da bo‘lib o‘tgan festivalda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Jizzaxda “Vatanparvarlik paradi” tantanali ruhda o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida “Vatanparvarlik paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda
Ijodiy (kasbiy) imtihonlarning ikkinchi kunida abituriyentlar Musiqa ta’limi hamda Sport faoliyati: dzyudo ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etmoqda.