Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/02/2026
Chop etish
Jizzaxda Oliy ta’limda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan “Oliy ta’limda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida xorijiy mehmonlar Jizzax shahriga yetib kelishdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan “Oliy ta’limda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Anjuman University of Georgia hamda GATESOL Conferences tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Konferensiyada Georgia universiteti professorlari doktor David Chiesa, doktor Alisa Leckie, doktor Rebecca Raab, Amy Morales va Susan Mann kabi xalqaro ekspertlar ishtirok etib, ingliz tili ta’limidagi zamonaviy tendensiyalar va ilg‘or tajribalar bo‘yicha o‘z fikr va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Xalqaro anjumanni Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Akmal Savurbayev ochib berib, mazkur tadbir hududda ta’lim sifatini oshirish, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish va pedagog kadrlar salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Xusanboy G‘aniyev kirish so‘zi bilan ishtirok etib, konferensiya ishiga omad tiladi hamda ingliz tili ta’limini rivojlantirish mamlakat ta’lim siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini qayd etdi.Tadbirning ochilish marosimida, shuningdek, universitet rektori Yuldashev Maksudjon Abdullayevich ham nutq so‘zladi. U o‘z so‘zida mazkur nufuzli tadbirni tashkil etishga hissa qo‘shgan barcha muassasa va hamkorlarga minnatdorchilik bildirdi. U, xususan, Georgia universitetiga akademik hamkorlik va institutsional qo‘llab-quvvatlash uchun alohida tashakkur izhor etib, bu hamkorlik ingliz tili ta’limi va o‘qituvchilar tayyorlash tizimini takomillashtirishda muhim omil ekanligini ta’kidladi. Konferensiya ishi o‘zbek va ingliz tillarida olib borilmoqda.

 


Ulashish:
2 171
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.