Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/05/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.

Jumladan, universitetning 22 nafar professor-o‘qituvchisi Universiti Utara Malaysiada tashkil etilgan malaka oshirish dasturiga jalb qilingan. 11–25-may kunlari davom etadigan kurslar doirasida ishtirokchilar ta’lim jarayonida yetakchilik kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish hamda kasbiy salohiyatni oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Dastur doirasida raqamli texnologiyalarni o‘qitish, zamonaviy ta’lim platformalaridan samarali foydalanish hamda innovatsion metodikalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha treninglar tashkil etildi.

Shuningdek, “Teacher Leadership for Learning and Development”, “Future Curriculum: Global Transformational Approach”, “High Impact Practices and Service Learning”, “Teaching and Learning Module” kabi mavzulardagi mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilar zamonaviy ta’lim tizimidagi ilg‘or yondashuvlar bilan yaqindan tanishmoqda.

 

Bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti dunyoning 60 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. 2025–2026 o‘quv yili davomida universitetning 50 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilari turli davlatlardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida satjirovkada bo‘lib qaytishdi.

 


Ulashish:
843
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.