Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/05/2016
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 17 maydagi № 87-03-1337-sonli “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining hududiy bosqichi o’tkazildi

Institutda “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining hududiy bosqichini o’tkazish bo’yicha institut rektorining 2016 yil 17 maydagi № 338-sonli ichki buyrug’i ijroga kiritildi. Ishchi guruh tarkibi, chora-tadbirlar rejasi, Hakamlar hay’ati  tarkibi shakllantirildi.

Tanlovni Jizzax davlat pedagogika instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov kirish so’zi bilan ochib berdi. Tanlov O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” YoIH Vasiylik kengashining 2015 yil 10 dekabrdagi 65-sonli majlisi bayoni va “O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi” 5-bandi “Talabalarning siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining hududiy bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda Qarshi davlat universiteti jamoasi, Samarqand davlat universiteti jamoasi, Jizzax davlat pedagogika instituti jamoalari ishtirok etdi.

Shundan so’ng boshlovchi Hakamlar hay’ati a’zolari bilan tanishtirildi.

HAKAMLAR HAY’ATI TARKIBI

  1. Hasanov Orif – Adliya boshqarmasi mas’ul hodimi, hakamlar hay’ati raisi

2.Sattorov Sirojiddin    – Fuqorolik jamiyati shakllantirishni monitoring qilish mustaqil instituti Jizzax viloyat hududiy bo’linmasi katta mutaxasisi hakamlar hay’ati a’zosi

  1. Yuldashov Nurmuhammad – “Kamolot” YoIH viloyat bo’limi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha bo’lim boshlig’i hakamlar hay’ati a’zosi
  2. Norbekov Sanjar – Jizzax politexnika instituti O’zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi, hakamlar hay’ati a’zosi
  3. Axmedov Anvar – Viloyat IIB bo’linma boshlig’i hakamlar hay’ati a’zosi

 Jamoalarni saxnaga taklif etildi. Hakamlar hay’ati tomonidan qur’a tashlash orqali jamoalarning saxnaga chiqishlari aniqlab olindi. Jamoalar har bir shartlarga tayyorlanguncha konsert dasturi namoyish etib borildi. Tanlovda jamoalar 5 ta shart bo’yicha bellashdilar. Har bir shart hakamlar hay’ati tomonidan Nizom talabalari asosida baholab borildi.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko’ra tanlovda Qarshi davlat universitetining “Adolat” jamoasi 206 ball bilan 3 o’rinni, Samarqand davlat universitetining “Ulug’bek vorislari” jamoasi 223 ball bilan 2 o’rinni, Jizzax davlat pedagogika institutining “Status” jamoasi 230 ball bilan 1 o’rinni qo’lga kiritib keyingi respublika bosqichda ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Tanlov so’ngida jamoalar diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.


Ulashish:
2 582
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rahbariyati 5-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan oçiq muloqot ötkazdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldaşev boşçiligidagi rahbariyat vakillari 5-sonli talabalar turar joyida bölib, talaba-yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
JDPUda “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Biologiya ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyati filiali hamkorligida “Kelajakka qadam” dasturiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Rahbar va yoshlar uchrashuvi: tashabbus va istiqbollar muhokamasi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjan Yuldashevning talabalar bilan an’anaviy «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bu gal Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim oliy pedagogika maktabi yoshlari ishtirokida...