Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/04/2025
Chop etish
JDPUning eng mehnatsevar, ham kitobsevar ustozi, “Matematika o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti Alishev Abdumannon muborak 75 yoshni qarshi olmoqda.
Mohir pedagog, tajribali ustoz, 1950-yilda Jizzax shahri “Hayrabod” mahallasida tug‘ilgan.

Bugun Matematika va informatika fakultetida shu munosabat bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda professor-o‘qituvchilar va ustozning ko‘plab shogirdlari, ziyolilar ishtirok etdi. Tadbir avvalida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Qodirov yubiley sababchisiga universitet rektori, professor Shavkat Sharipovning tabrigini o‘qib eshittirdi, ishtirokchilar ustozni muborak yoshi bilan qutlashdi.

Ta’kidlash joiz ustoz bundan roppa rosa 50 yil avval 1975-yil 18 sentyabrda Jizzax davlat pedagogika institutida ish boshlagan. Tadbirda so‘zga chiqqan safdoshlar, shogirdlar ustozning insoniylik fazilatlari, kasbiga bo‘lgan sadoqati va muhabbatini alohida ta’kidlashdi.

Universitet kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan zarbof to‘n va sovg‘alar fakultet jamoasi ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.


Ulashish:
937
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Jizzaxda Xitoy tili va madaniyati markazi ochildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Xitoy Xalq Respublikasi bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Xitoy tili va madaniyati markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.