Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/01/2026
Chop etish
JDPUda aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish jarayoni faol davom etmoqda.

2026-yil 15-yanvardan O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning onlayn bosqichi boshlandi. Ushbu muhim jarayonda Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari faol ishtirok etmoqda.

Universitetning Registrator ofisida asosiy shtab, shuningdek, barcha fakultetlarda alohida shtablar tashkil etildi. Shtabga biriktirilgan mas’ul xodimlar ro‘yxatdan o‘tishda yordam so‘rab murojaat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni qabul qilib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15-yanvardan bugungi kunga qadar 187 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar, shuningdek, 300 ga yaqin talabalar onlayn ro‘yxatdan o‘tib bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. Avvalo fuqarolar OneID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tadi, shundan so‘ng census.stat.uz portali orqali onlayn savolnomani to‘ldiradi. Onlayn ro‘yxatga olish jarayoni 31-yanvarga qadar davom etadi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni 2026-yil 15–31-yanvar kunlari census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol ishtirok etishga chorlaydi.


Ulashish:
2 921
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.