Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/09/2022
Chop etish
JDPU da «Xotin-qizlar Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish» mavzudida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni universitet Xotin-qizlar kengashi raisi Z.Abduvaliyeva ochib berdi. Seminarda Viloyat hokimi o’rinbodari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i N.A.Muxtorova ishtirok etib, Xotin-qizlar kengashlari faoliyati, ularning joylarda olib borilayotgan faoliyatining samaradorligi xususida,   davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarga yaratilayotga sharoitlar haqida alohida fikr- mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek seminarda talaba-qizlarni oilaga tayyorlash, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, erta nikoh va erta tug’riqning salbiy oqibatlari, tayzyiq va zo’ravonlikning oldini olish mavzularida so‘z bordi. Seminar ishtirokchilar mavzu doirasida o‘z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda bu kabi holatlarnigg oldini olish borasida ham takliflar bildirishdi. Seminar Maktabgacha ta’lim fakultetiga sayohat bilan davom ettirildi.

Fakultet dekani prof.Yaxshiyeva Z. Z., Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shaxnoza Bo’ronovalar tomonidan fakultetda talaba-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar seminar ishtirokchilariga ko‘rgazmalar asosida tanishtirildi. Seminar yakunida universitet psixologi Bobir Bosimov tomonidan mehmonlar ishtirokida psixologik trening o’tkazildi.


Ulashish:
979
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...