Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/08/2020
Chop etish
JDPIda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisiligiga saylov o‘tkazildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 326sonli“Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengashlarini tuzish to‘g‘risida”gibuyrug‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan hisobot–saylov  yig‘ilishini

Institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S. Nazarqosimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida institutda ayol professor-o‘qituvchilar va talaba qizlarning faoliyati, tutgan o‘rni, ularga yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirdi, bugun hisobot–saylov yig‘ilishida muhokama qilinadigan masalalarning mohiyatini tushuntirdi.

Shundan so‘ng institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi  Z.Abduvalieva 2019-2020o‘quv yillarida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

 

Shuningdek tadbirda so‘zga chiqqan ishtirokchilar Yangi o‘quv yilida institutning iqtidorli talaba-qizlari ishtirokida “Faol qizlar forumini” tashkil qilish va Rejali tarzda fakultetlarora professor-o‘qituvchi ayollar hamda talaba qizlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha kengash yig‘ilishlari o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflarni o‘rtaga tashlashdi.

Yig‘ilishning so‘ngida JDPI Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi saylovi o‘tkazildi. Bunda 27 nafar ishtirokchiga saylov byulletenlari tarqatildi. To‘plangan ovozlarga ko‘ra Z.Abdualieva kengash raisligi qaytadan saylandi.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

               


Ulashish:
1 083
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...