Uncategorized
Uncategorized
|
19/02/2021
Chop etish
JDPI akademik litseyida“YOSHLAR DAFTARI”ga kiritilgan yoshlar va maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga BEPUL tayyorlov kurslarining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Bundan ko’zlangan maqsad ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamdagi yoshlarni sifatli ta’lim bilan ta’minlash va kelajakda o’z yo’lini topib ketishiga yordam berish.

Tadbirni Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh. Safarov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng JDPI akademik litseyi, F. Soliyeva va Yoshlar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i D. Xudoyshukurov nutq so’zladi. Litsey rahbari o’z nutqida jamoasining qo‘lga kiritgan yutuqlari va bunday xayrli ishni tashkil etishdagi maqsad va vazifalar haqida to‘xtaldi, shuningdek, o‘qituvchilar jamoasining bunday mas‘uliyatli, savobli ishlarni bajarishga har doim tayyor ekanligini ta‘kidladi. Tadbir qiziqarli va tantanali ruhda o’tdi.

Loyiha doirasida 200 dan ortiq yoshlar qamrab olindi. Ularning har biriga tegishli fan yo’nalishlari bo’yicha JDPI akademik litseyining tajribali o’qituvchilari biriktirildi. Jumladan, Butunjahon biologiya olimpiadasida (IBO) o’quvchisi kumush medal sovrindori bo’lgan Abduvohidov Bozormurod, 2020-2021 o’quv yilida oliy ta’lim muassasasiga o’quvchilari kirish bo’yicha 100 foizlik natijaga erishgan To’rayev Azamat singari singari o’z ishining ustasi bo’lgan ustozlar o’quvchilarga saboq berishi aytib o’tildi.

Tadbir Jizzax davlat pedagogika instituti, JDPI akademik litseyi, Yoshlar agentligi viloyat boshqarmasi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o’tkazildi.


Ulashish:
1 380
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.