Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/10/2020
Chop etish
“Jamoatchilik eshituvi” muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 29 oktabr kuni Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti Universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyat hududiy bo‘limi majlislar zalida “Jamoatchilik eshituvi” muloqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

“Yuksalish” umummilliy harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan Oliy ta’lim muassasalari va viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi ishtirokida tashkil etilgan muloqotda oliy ta’lim muassasalari va viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-sonli Farmoni hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturinig 171-bandiga asosan yangi professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, ularga o‘quvchilarni qabul  qilish, o‘qitish va yashash shart- sharoitlarini yaratish to‘g‘risidagi vazifalarning ijrosi yuzasidan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlari tinglandi.

Muloqot davomida ma’ruzachilar tomonidan professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish, ular bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

“Yuksalshi” umummilliy harakati tomonidan viloyat bo‘ylab o‘rganish natijalari xulosalari ham ushbu muloqotda ko‘tarilib, yangi tashkil etilgan professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni qabul qilish, kasb-hunar maktablari va texnikumlarni zarur inventar va jihozlar, uslubiy qo‘llanma va adabiyotlarning yetishmasligi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni olishi, kasb o‘rganuvchi o‘quvchilar uchun internet tarmog‘i to‘liq ulanmaganligi aytib o‘tildi.

Muloqot yakunida “Yuksalish” umummilliy harakati Oliy ta’lim muassasalari, viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyat hududiy bo‘limi bilan muntazam muloqotni olib borishda Davlat dasturi ijrosi yuzasidan hududlarda jamaotchilik nazoratini o‘tkazish, shu orqali ta’lim tizimida aholining taklif va tashabbuslari, mavjud muammo va kamchiliklarini muhokama qilib borishga kelishib olindi.

Tadbir davomida Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti Universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyat hududiy bo‘limi rahbari va xodimlariga (Sobir Ahmedov, Lutfulla Sindorov, Tuxtamurod Qo‘chqorovlar)ga “Yuksalish” umummiliy harakatining a’zolik sertifikatlari topshirildi.

 


Ulashish:
887
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va Jizzax akademik litseyi hamkorligida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti hamda Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34-yilligi hamda 14-yanvar —...
JDPU rektori doktorantlar bilan uchrashib, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet rektori Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich tayanch doktorantlar...
Oliy pedagogik ta’lim tizimini transformatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Oliy pedagogik ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda isloh qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan respublika seminarini...