Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
10/03/2023
Chop etish
FIZIK EKSPERIMENTLAR ASOSIDA TALABALARDA O‘QUV TADQIQOTCHILIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

p.f.b.f.d. (PhD), dos. v.b. Tugalov Farxod Qarshiboevich  (farxodtugalov@mail.ru)

magistrant Qodirova Iroda Sharofiddin qizi

Jizzax davlat pedagogika universiteti

 Hodisa va jarayonlar mohiyatini aniqlash, u to‘g‘risida bilimlarga erishish, aksariyat nazariy va eksperimental metodlar orqali tadqiq etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Xususan, ularni eksperimental darajada o‘rganish, o‘rganilayotgan ob’ektlar haqida ilmiy faktlar, axborotlarni yig‘ish bilan kechadi. Bular tajriba yordamida kuzatish, o‘lchash va natija-larni solishtirish orqali amalga oshiriladi.

Taniqli metodistlar olima va olim A.V.Usova va A.A Bobrovlar eksperiment haqida shunday yozadilar: “Eksperiment amaliyotning muhim tomoni hisoblanadi, uning yordamida fan nafaqat moddiy dunyo hodisa-larini tushuntiradi, balki uni bevosita egallashga ham qodir. Shu tufayli eksperiment fan va ishlab chiqarishni bog‘lovchi bosh vositalardan sanaladi. Hozirgi zamonda turli sohalarda xizmat qiluvchi va ilmiy – tabiiy fan sohalarining xodimlari uchun eksperimentning metodikasidan xabardor bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Eksperiment barcha nazariyani  yaratuvchanlik uchun mezondir” [1].

“Fizikani o‘qitishni fizik eksperimentsiz amalga oshirish fizika o‘qitish metodikasi talablariga zid va hatto nomaqbul”, – degan edi taniqli metodist olim, qator darsliklar muallifi A.V. Pyorыshkin. Shuningdek, boshqa metodik adabiyotlarda ta’kidlab o‘tilganidek, fizik eksperiment fizik bilimlarning asosiy manbai hisoblanadi [2].

Fizika – tajribalarga asoslangan fandir. Uning qonunlari tajriba yo‘li bilan aniqlangan faktlarga asoslanadi. Faktlar rejali o‘tkaziladigan kuzatishlar natijasida to‘planadi. Ba’zan tasodifiy kashfiyotlar (A.Bekkerel tomonidan uranning radioaktiv yemirilishining kuzatilishi) ham kuzatiladi.

Fizikaning ekspremental xarakteri bu fanning butun tuzilishini aniqlab beradi. Hodisalar tadqiqoti kuzatishlardan boshlanarkan, faqat bu bilangina chegaralanib qolish kerak emas. L.E.Mendelshtamning fikricha, qaytariladigan va amaliy muhim bo‘lgan alohida axborotlarning umumiy tomonlarini inson xotirasida ajratadi va o‘zi uchun belgilab qo‘yadi. Bu tabiatni bilish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lgan tushunchalarni bilishga olib keladi. Keyingi qadam sonlar shaklida miqdoriy xarakteristikalarga ruxsat beruvchi tushunchalarga o‘tishni tashkil qiladi.

Konkret hodisalarni   tushuntirishda eksperimentlarga tayanish. Berilgan soddalashtirilgan modelning konkret hodisalarni tushuntirib bera olish yoki olmasligini nazariy jihatdan to‘liq ayta olmaymiz. Hodisaga turli xil omillar ta’sirini nazariy baholash uchun dastlab ularning hajmini hisobga olish, keyin ularning har biri o‘rnini aniqlab olish va ularni bir-biri bilan solishtirish zarur. Real jarayonni tashkil qiluvchi hodisalar murakkabligi va rang barangligi tufayli bu mumkin emas.

Hodisalarning u yoki bu modeli to‘g‘riligiga faqat tajribadagina ishonch hosil qilinadi. Tadqiqotlar fizik metodi mohiyatini tushunishda yana bir holat juda muhim hisoblanadi. U yoki bu soddalashtirilgan modelni tanlash nafaqat tadqiq qilinayotgan ob’ekt xususiyatlari bilan balki o‘rganishi kutilayotgan jarayonlar xarakteri bilan ham aniqlanadi.

Fizikani chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari mohiyatiga ko‘ra aytish mumkinki, talabalarni o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishga o‘rgatish, ularni fizik eksperimentlar asosida tadqiqotchilik faoliyatiga jalb etish, fizika ta’limning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Talabalardagi shaxsiy intellektual – ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning eng maqbul yo‘llaridan biri, bu talabalarni o‘quv-tadqiqot ishiga, ya’ni tadqiqotchilik faoliyati bilan shug‘ullanishga yo‘naltirishdan iborat.

 

Adabiyotlar

  1. Usova A.V., Bobrov A.A. Formirovanie uchebnыx umeniy i navыkov uchaщixsya na urokax fiziki. – M.: «Prosveщenie», 1988. –112 s.
  2. Kameneskiy S.E., Purыsheva N.S. i dr.Teoriya i metodika obucheniya fizike (obщie voprosы). Pod. red. S.E. Kameneskogo. – M.: «AKADEMA», 2000. – 366 s.
  3. Obuxov A.S. Razvitie issledovatelskoy deyatelnosti uchaщixsya.

-M.: Izdatelstvo, «Prometey», MPGU, 2006, – 224 s.


Ulashish:
577
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.