Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/03/2026
Chop etish
Rektor va yoshlar uchrashuvi: sport sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda talabalarning sportdagi yutuqlari, mavjud shart-sharoitlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Tadbirni universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich kirish so‘zi bilan ochib, talabalarimizning respublika va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Xususan, sport turlarida shaffof tizimni yo‘lga qo‘yish, halollik va adolat tamoyillarini qat’iy ta’minlash, so‘nggi besh yil davomida yuqori natijalarga erishgan chempion va sovrindorlarni keng targ‘ib qilish muhim vazifa ekani ta’kidlandi. Rektor har bir talabaning taklifini tinglash va ular bilan ochiq muloqot olib borishga doimo tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv avvalida sportning kikboksching, sambo, kurash, voleybol, basketbol va grippling yo‘nalishlari bo‘yicha yanvar–fevral oylarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh talabalar taqdirlandi.

Shundan so‘ng fakultet dekani Furqat Ahmedov tomonidan fakultetning sport infratuzilmasi, moddiy-texnik bazasi, xalqaro natijalar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.

Muloqot jarayonida talabalar xorijiy murabbiylarni jalb etish, mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish, yangi sport yo‘nalishlarini ochish va qulay sport muhitini yaratish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

Tadbir yakunida sport sohasini yanada rivojlantirish, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Uchrashuv badiiy chiqishlar bilan yakunlandi.


Ulashish:
2 620
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.