Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/02/2026
Chop etish
“Yoshlar kuni” tashabbusi amalda: universitetda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar kuni” tashabbusi doirasida Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Kattaxonova Dilnoza Sobirjonovna hamda agentlikning bir qator vakillari Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 10 ga yaqin startap loyihalar taqdimoti o‘tkazilib, yoshlarning taklif va tashabbuslari muhokama qilindi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan uchrashuvda ilgari surilgan ustuvor g‘oya va tashabbuslar talabalarga yetkazildi.

Universitet rektori Yuldashev Maksudjon Abdullayevich mehmonlarga oliygohda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, yaratilgan shart-sharoitlar va istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga universitetning ramziy sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng delegatsiya tomonidan universitetda yaratilgan zamonaviy infratuzilma va ta’lim jarayoni uchun mavjud sharoitlar o‘rganildi.


Ulashish:
2 058
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.