Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

FINLYANDIYA UMUM TA’LIM MAKTAB TIZIMIDA JISMONIY TARBIYA.

 Sobir To’ychiyev JDPU Jismoniy madaniyat  fakulteti o’qituvchisi Ankaboev Dilmurod 2-bosqich magistranti.   Nufuzli Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan uch yilda bir o‘tkaziluvchi xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari dunyodagi eng yuqori bilimlar darajasini namoyish etishadi. Ular shuningdek dunyodagi eng ko‘p kitob o‘quvchi bolalar hamdir. Bundan tashqari, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari tabiiy fanlar bo‘yicha – dunyoda ikkinchi, matematika bo‘yicha esa beshinchi o‘rinni egallashadi. Biroq pedagogik jamiyatni quvontiradigani birgina bu natijalar emas. Shunisi ajablanarliki, dunyo miqyosida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari darslarga u qadar ko‘p vaqt ajratishmaydi.  Finlyandiyada o‘rtacha majburiy umumta’lim tizimi ikki bosqichli maktabni o‘z ichiga oladi:                                                                                         
  • quyi bosqich 1-6 sinf;
  • yuqori bosqich 7-9 sinf.
Qo‘shimcha 10-sinfda o‘quvchilar o‘z baholarini yaxshilashlari mumkin. So‘ngra bolalar yo professional kollejga yo‘l olishadi, yoki litseyda o‘qishni davom ettirishadi. Finlyandiya ta’limi «o‘rta» bosqichining 7 tamoyili:                                                                                                                              
  • tenglik;
  • maktablar.
Mamlakatda na elita va na «bo‘shroq» maktablar bor. Finlyandiyadagi eng yirik maktabda 960 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Eng kichigida esa – 11 nafar. Barcha maktablar mutlaqo bir xil jihozlangan, birdek imkoniyatlarga ega va bir xil moliyalashtirilgan. Deyarli barcha maktablar – davlat maktablari bo‘lib, o‘nlab xususiy maktablar bor. Ularning ota-onalar qisman to‘lov kiritishlaridan tashqari yana bir farqi – o‘quvchilarga bo‘lgan talabning yuqoriligida. Qoidaga ko‘ra, bu o‘ziga xos «pedagogik» laboratoriyalar: Montessori, Fren, Mortan i Valdorf maktablari. Ingliz, nemis va fransuz tillarida ta’lim beriluvchi o‘quv muassasalari ham xususiy hisoblanadi. Finlyandiyada tenglik tamoyiliga rioya qilgan holda shved tilidagi parallel ta’lim tizimi mavjud – bog‘chalardan tortib to universitetlargacha. Saam xalqining manfaatlari ham unutilmagan, mamlakat shimolida ona tilida ta’lim olish mumkin. Yaqin vaqtlargacha finlarga maktab tanlash taqiqlangan edi, bolalar shunchaki eng yaqin oradagi maktabga chiqishardi. Taqiq bekor qilindi, lekin ota-onalarning aksariyati baribir bolalarni yaqin oradagi ta’lim muassasasiga berishni ma’qul ko‘rishmoqda, zero Finlyandiyada barcha maktablar birdek yaxshi. Barcha fanlar – bir fanning boshqalaridan chuqurroq o‘rgatilishi maqsadga muvofiq emas. U yerda, masalan, matematika san’atdan muhimroq hisoblanmaydi. Aksincha, qobiliyatli bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilinishiga yagona sabab ularning tasviriy san’at, musiqa va sportga moyilligi bo‘lishi mumkin. Ota-onalar – o‘qituvchi o‘quvchisining ota-onasi kim bo‘lib ishlashini oxirgi navbatda, zarurart tug‘ilgandagina biladi. O‘qituvchilarga ota-onalarning ish joyiga doir savollar berish taqiqlangan. O‘quvchilar – finlar o‘quvchilarni xususiyatlari yoki tanlovlariga qarab tasniflashmaydi. O‘qituvchilar – o‘qituvchilar ham bolalarga bor mehrini beradi, «sevimlilar» ajratilmaydi. Qoidadan har qanday chetga chiqish bunday o‘qituvchi bilan shartnoma buzilishiga olib keladi. Fin o‘qituvchilari faqat ta’lim beruvchi  vazifasini bajarishlari kerak. Jamoada barcha o‘qituvchilar – fiziklar ham, adabiyotchilar ham, mehnat o‘qituvchilari ham birdek teng. Katta yoshli kishilar (o‘qituvchilar, ota-onalar) va bolalar huquqlari tengligi – finlar bu tamoyilni «o‘quvchiga hurmat» deb atashadi. Bolalarga 1-sinfdan ularning huquqlari tushuntiriladi, ijtimoiy xizmatchiga katta yoshlilar ustidan shikoyat qilish ham shular jumlasidandir. Bu finlyandiyalik ota-onalarni ularning farzandi – mustaqil shaxs ekanini, ularga so‘z bilan ham, «qamchi» bilan ham ozor yetkazib bo‘lmasligini tushunishga rag‘batlantiradi. Finlyandiya mehnat qonunchiligiga ko‘ra, pedagog o‘z kasbidan kelib chiqib o‘quvchini taxqirlashga haqqi yo‘q. Barcha o‘qituvchilar faqat 1 yilga shartnoma imzolashadi, bu muddatni uzaytirish ham, to‘xtatish ham mumkin. O‘qituvchilarga juda yaxshi maosh to‘lanadi: fan o‘qituvchisi – 5000 yevrogacha, yordamchi – 2500 yevrogacha. Bepul – o‘qishning o‘zidan tashqari quyidagilar bepul:
  • tushlik;
  • ekskursiyalar, muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyat;
  • bolani uyidan olib ketuvchi va qaytaruvchi transport, agar eng yaqin maktab 2 kilometrdan uzoqda bo‘lsa;
  • o‘quv darsliklari, barcha o‘quv qurollari, kalkulyatorlar va hatto planshet-noutbuklar. Har qanday maqsadlar uchun ota-onalardan pul yig‘ish taqiqlanadi.
Individuallik – har bir bola uchun individual ta’lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Individuallik o‘quvchilar tomonidan foydalanilayotgan darsliklar mazmuni, mashg‘ulotlar, sinf va uy ishlari soni hamda ularga ajratilayotgan vaqt, shuningdek ta’lim materialiga ham tegishli.