Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

“ Farzandingiz mustaqil hayotga tayyormi? ”… Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

O‘zbek halqi qadimdan oilani muqaddas hisoblagan. Har bir yosh muqaddas sanalgan oila qo‘rg‘onini qurish uchun yetarli tasavvurga egami ? Ro‘zg‘or, oila yuki,farzand tarbiyasihaqida nimalarni biladi? Hali o‘zi yosh bo‘lgan qiz sinovlarda toblanmasdan turib dunyoga keltirgan farzandini qanday kamolga yetkazishi mumkin? FHDYo bo‘limlariga endigina 17-18 yoshga to‘lgan yigit qizlarning nikohga kirish uchun murojaat etishlari, aksariyat hollarda esa ularning nikoh to‘ylari bo‘layotganlgini qanday tushunish mumkin? Jizzax davlat pedagogika instituti, viloyat xotin qizlar qo‘mitasi hamda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan seminar-trening ana shu savollar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
  Yoshlarning turmush qurishi oldidan ota-onaning roziligi olinishi shart albatta. Ayrim yigit- qizlarimiz oilaviy hayotning murakkab tomonlarini yaxshi xis qilmaydilar. Ularni chiroyli so‘zlar, tashqi go‘zallik, zebi-ziynat, obro‘ va mansab, mashina va moddiy tomonlap qiziqtiradi. Eng achinarlisi ular “ to‘kin hayot”ni shunda deb o‘ylashadi.Bunday yuzaki tasavvurlar asosida qurilgan turmush esa hech qachon mustahkam bo‘lmaydi. Dastlabki qiyinchiliklariga duch kelgan yoshlar darrov ajralish yo‘llarini izlab qoladilar.Ularning to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlab olishida mahalla-ko‘y, oshna-og‘aynilar, qo‘ni-qo‘shnilar, jamoa va ta’lim muassasining ham o‘rni bor. Seminarn –trneningnda so‘zga chiqqanlar o‘z fikr mulohazlarini turli misollar bilan keltirib o‘tishdi.
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
  Shuningdek tadbirda bugun aksariyat yoshlarimiz oila-nikoh masalalariga yengil nazar bilan qarayotganligi oqibatida noxush holatlar yuzaga kelayotganligi, to‘satdan paydo bo‘lgan yuzaki “sevgi” bilan oilaviy turmush qurib bo‘lmasligini. Oila va nikoh katta ma’suliyat ekanligi ta’kidlandi.
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
  Dunyoning yetakchi ruhshunos va shifokorlari qiz bolaning barvaqt turmush qurishi ruhiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etadilar. Bir muhitdan ikkinchi muhitga tushib qolgan qiz atrofdagilardan yetarli g‘amxo‘rlik ko‘rmasa, uning asab tizimi ishdan chiqishi, oqibatida ba’zi a’zolar funksiyasi buzilishini, organizm immuniteti pasayib, turli yuqumli kasalliklarga chalinuvchanlik ortishi ehtimoli yaqin bo‘larkan.” Oila ” ilmiy-amaliy markazi xodimlari tomonidan keltirib o‘tilgan hayotiyreal voqelar, fakt va misollar yuqoridagi fikrlarimizga yaqqol dalil bo‘la oladi Oila mustahkam, tinch, farovon, sog‘lom bo‘lsagina, jamiyatda barqarorlik vujudga keladi. Uning mustahkamligi oiladagi tinch-xotirjamlik, bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabat, oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga bog‘liq. Navnihol, kelajagimiz mevalari bo‘lmish yigit-qizlarimizni hayotga tayyorlash, ularda oila muqaddasligi haqidagi tushunchani mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbir so‘ngida institut badiiy jamoasining shu mavzudagi sahnaviy ko‘rinishlari namoyish etildi

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati