E’lonlar
E’lonlar
|
21/09/2022
Chop etish
E’LON

Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 310-son qarori bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilgan. Shuningdek, “Xalqaro IT-sertifikatlar uchun oʻqishi va (yoki) xalqaro ITsertifikatlar olish xarajatlarining qoplanishi lozim boʻlgan miqdorlarni belgilash mezoni” hamda “Xalqaro IT-sertifikatlar roʻyxati” tasdiqlangan (https://it-istedod.uz/). Shu munosabat bilan, xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning oʻqishi hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi qoplab berilmoqda. Qoʻshimcha maʼlumot uchun: Ushbu loyiha boʻyicha ariza topshirish https://my.gov.uz/ru/service/622 havolasi orqali amalga oshiriladi. Loyiha boʻyicha batafsil maʼlumotni www.it-istedod.uz veb saytidan olishingiz mumkin


Ulashish:
1 051
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...