E’lonlar
E’lonlar
|
27/07/2022
Chop etish
E’lon!

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi B.I.Romonovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiyaga nomzodlarni saralash bo’yicha tanlov e’lon qilinadi. Stipendiya tanlovida respublikadagi Oliy ta’lim muassasalarida Matematika ta’lim yo’nalishlarida 2-kursni tugatgan bakalavriat, 1-kursni tugatgan magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin. Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar quyidagilarga muvofiq bo’lishi lozim:

– o’quv yili natijalari bo’yicha barcha fanlarni o’zlashtirish darajasi yaxshi (4 baho) va undan yuqori bo’lishi

– Matematika bo’yicha barcha fanlardan o’zlashtirish darajasi a’lo (5 baho) bo’lishi talab etiladi.

Hujjatlar joriy yilning 15 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot olish uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin. +998915982991


Ulashish:
1 170
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...
Mehmonlar JDPUda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar
Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori boshchiligida ta’lim muassasasi hududini aylanib, tubdan ta’mirlangan bino va zamonaviy o‘quv xonalari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Talabalikka bag‘ishlov» tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi
Yangi o‘quv yilida 3360 nafar yosh universitet talabalari safiga qo‘shilib, o‘z hayotining yangi va muhim bosqichini boshlamoqda.