Uncategorized
Uncategorized
|
17/02/2021
Chop etish
“Dunyo adabiyotida Navoiy va Bobur ijodlarining ahamiyati” mavzuidagi anjuman tafsilotlari

Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyida “Dunyo adabiyotida Navoiy va Bobur ijodlarining ahamiyati” mavzusida xalqaro onlayn videoanjuman o’tkazildi. Unda Xalqaro Bobur jamg’armasi a’zosi Vali Muhammad Hadid janoblari bilan Navoiy va Bobur ijodi bo’yicha ilmiy-ommabop suhbat o’tkazildi. Onlayn videoanjumanda JDPI O’zbek tili va adabiyoti fakulteti, ona tili va adabiyot kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori professor Usmonjon Qosimov ishtirok etdi. Vali Muhammad Hadid janoblari anjumanda Hirotda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan obdonlashtirish ishlarini e’tirof etdi. Anjuman davomida so’z mulkining sultoni Alisher Navoiyning ulkan adabiy merosi, amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari, bugungi kunda Hirotda ulug’ zotga bag’ishlangan muhtasham maqbaraning bunyod etilgani, yaqin kelajakda ikkala Respublika o’rtasida Hirot anjumanining tashkil etilishi haqidagi qimmatli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning faoliyatini, xalqaro Bobur jamg’armasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etdi. Navoiyning forsiy va turkiy g’azallaridan o’qib berdi va bu merosning jahon miqyosida qanchalik ahamiyatli ekanligini ta’kidladi. JDPI porofessori U. Qosimov forsiy va o’zbek adabiyotidagi do’stona aloqalarni Navoiy va Jomiy misolida dalillar asosida tushuntirib berdi. Shuningdek, har ikkala buyuk ijodkorning g’azallaridan namunalar o’qib berdi. Akademik litseyning iqtidorli o’quvchisi Jamolov Olim aruzning ramali musammani mahzuf vaznida yozgan g’azalini yoddan aytib berdi. Anjumanni akademik litseyning ona tili va adabiyot kafedrasi mudiri To’lqinbek Xoljo’rayev tashkillashtirdi va olib bordi


Ulashish:
901
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.