E’lonlar
E’lonlar
|
17/07/2023
Chop etish
Diqqat, Tanlov!

2023/2024-o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Islom Karimov va Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari tanlovi e’lon qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovida barcha yo’nalishlardagi 3-bosqichni tugatgan bakalavriat hamda 1-bosqichni tugatgan magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin.

Islom Karimov va Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari tanlovida 2 va 3-bosqichni tugatgan bakalavriat  talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar quydagilarga muvofiq bo’lishi lozim:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanloviga:

Barcha fanlarni o’zlashtirish darajasi a’lo (5 baho)  bo’lishi shart;

Islom Karimov va Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari tanloviga:

Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo” (ko‘pi bilan 25 foizi “yaxshi”) bo‘lishi kerak

Tanlovda qatnashish uchun talabgorning arizasi quydagi hujjatlarni jildlagan holda  iqtidor.jdpu.uz platformasi orqali joriy yilning 17-iyulidan 25-iyuliga qadar qabul qilinadi.

Nomzodning sinov daftarchasidan ko’chirma,

Tegishli fakultet dekani yoki kafedra mudirining tavsiyanomasi,

Ilmiy rahbar tavsiyanomasi,

Ilmiy tadqiqot ishlari,

Boshqa yutuqlari.


Ulashish:
712
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.