130100, Jizzax shahri,
Sh.Rashidov shox ko’chasi, 4-uy, JDPU bosh binosi, 2-qavat, 217-xona, Xalqaro hamkorlik bo’limi
+99872-226-72-39;
+99891-209-07-66
sharofr58@gmail.com
www.jdpu.uz
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi PQ-289-sonli qarorining 2,e-bandi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorining 2022 yil 5 sentyabrdagi 332-U-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida universitetning ixtisoslik kafedralari professor-o’qituvchilarini xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida 2023 kalendar yilida malaka oshirish va stajirovka o’tashlari uchun
Hujjatlar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy ichida qabul qilinadi.
TANLOV E’LON QILADI
2023 yil 1 yanvardan boshlab har kalendar yili universitet ixtisoslik kafedralarining kamida 5 % professor-o’qituvchilarini universitetning byudjetdan tashqari jamg’armalari hisobidan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalar va ilmiy tashkilotlarga, tanlov asosida, malaka oshirish va stajirovka o’tashga davriy ravishda yuborishni boshlaydi.Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:
arizalar 55 yoshgacha bo’lgan ixtisoslik kafedralari professor-o’qituvchilaridan qabul qilinadi;
malaka oshirish va stajirovka o’tashga mutaxassislik fani va xorijiy tillarni o’zining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo’lgan darajada biladigan nomzodlar yuboriladi;
nomzodlarning arizalari va hujjatlari universitet tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan tanlov asosida saralab olinadi;
malaka oshirish va stajirovkalar 15 kalendar kundan kam bo’lmagan va ikki oygacha bo’lgan davrda amalga oshiriladi;
nomzodlardan arizalar uch yil davomida ketma-ket ikki marotaba qabul qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.
Nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar:
universitet rektori nomiga ariza;
nomzodning ob’ektivka-ma’lumotnomasi;
kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish va stajirovka o’tash rejasi;
qabul qiluvchi tomonidan kelgan taklifnoma yoki rozilik xati;
til bilish darajasini belgilovchi hujjat (mavjud bo’lsa);
fakul’tet Kengashi qaroridan ko’chirma.