Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Boshlang’ich sinflarda o‘quvchilarda nota savodxonligini oshirishning asosiy texnologiyalari.

Jizzax davlat pedagogika universiteti  o’qituvchisi  Egamkulov Oybek Altmishevich (+998911907798) Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda o‘quvchilarda nota savodxonligini oshirishning asosiy texnologiyalari haqida so’z boradi. Barcha turdagi cholg’u uchun notani varaqdan o’qish ko’nikmasi o’z malakasini rivojlantirishda foydali hisoblanadi. Maqola davomida musiqani o‘qitishdagi o‘ziga xos usul va texnologiyalardan foydalanish yo’llari haqida  so’z boradi. Kalit so’zlar: Musiqa cholg’u asbobi, musiqa, nota yozuvi, zarbli asboblari, notani varaqdan o’qish, tarelka, marimba, estrada, zamonaviy musiqa. Bugungi kun yoshlariga berilayotgan imtiyozlar ularning kelajakda vatan uchun munosib farzand bo‘lishlari va vatan ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilishlari uchun biro mil bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Texnologiya, ta’lim rivojlangan bu davrda ilm olishning eng samarali uslublari va vositalaridan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish joizdir. Yurtboshimiz tomonidan ta’limni isloh qilish borasida olib borayotgan siyosatlari bunga yaqqol misoldir. Musiqa va san’at ta’lim muassasalarining aksariyat barcha yo‘nalishlarida nota savodini o‘zlashtirishni taqozo etadi va talab qiladi. Bular qatorida cholg‘u ijrochiligi, vokal ijrochiligi, turlari bo‘yicha aktyorlik san’ati, turlari bo‘yicha raqs san’ati va baxshichilik sn’ati yo‘nalishlarini aytib o‘tishimiz darkor. Yo‘nalishlarning qaysi turida o‘quvchi ta’lim olishidan qat’iy nazar musiqiy nazariy bilimlarni o‘zlashtirmog‘i lozim. Musiqa ilmi ham boshqa odamzot tili kabi o‘z yozuvi, maxsus belgilari, tovushlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Avvalo o‘quvchiga nota savodi haqida tushuncha berishda unga tovushlar va ularning xossalari haqida tushuncha beriladi. Ushbu tovushlarning maxsus grafik asosda yozuvda yozilishi va belgilarning atamalari haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishi maqsadga muvofiq. Nazariy bilimlar bilan birga notalar joylashuvi, ularning cho‘zimi, kuydagi lad va tonallik xususiyatlari hamda kuyning melodik va ritmik xususiyatlarini o‘rganiladi. Ularning o‘zlashtirilishi solfejio fanining amaliy mashg‘ulotlari bilan mustahkamlanmog‘i kerak. O‘quvchi tomonidan olingan ushbu nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar musiqiy va ritmik diktantlar orqali yanada shakllantiriladi. Yuqorida aytib o‘tilgan nazariy va amaliy turdagi mashg‘ulotlar turlarini bajarishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish va ushbu uslublarning o‘quvchilarga samarali ta’sirini oshirish maqsadida har bir o‘quvchiga alohida e’tibor qaratish, individuallikni shakllantirish va zamonaviy uslublarni ta’lim jarayonida keng yo‘lga qoyish o‘z samarasini beradi. O‘tgan davr ichida ta’limning barcha yo‘nalishlari va bosqichlari uchun ta’limning yangi pedagogik texnologiyalari ustida izlanishlar olib borildi. Olimlarimiz tomonidan joriy etilgan innovatsiyon pedagogik texnologiyalrning ta’lim jarayoniga tadbiq etilishi yoshlarning ilm olishlari, fanni sevishlari va o‘z kompetentsiyalarini anglashga yordam berdi. Pedagogik texnologiyalarni joriy etish va mashg‘ulotlarda ushbu uslublardan keng foydalanishning moxiyati bolalarda ijtimoiy tajriba jixatlarini shakllantirish,  ta’lim – tarbiya jarayonining «texnologiyalanuvchanligini» amalga oshirish va albatta kafolatlangan natijaga erishishni o‘z ichiga oladi. Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim metodikasi tushunchasiga nisbatan kengdir. Ta’lim metodi o‘quv-tarbiya jarayonining kompleks vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan tarbiyachi va bolalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatish usuli. Ta’lim metodikasi esa muayyan yo‘nalishni o‘rgatishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning moxiyati didaktik maqsad, talab etilgan o‘zlashtirish darajasiga erishish va uni tatbiq etishni xisobga olgan xolda ta’lim-tarbiya jarayonini oldindan loyixalashtirishda namoyon bo‘ladi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim-tarbiya maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Fan-texnikaning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘rgatish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, yoshlarni xayotga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Innovatsion pedagogik texnologiyalar ustida ish olib borish va ularni peagogik jarayonga tadbiq etish va qo‘llash ta’lim muassasalari o‘qituvchilaridan yangi pedagogik mahoratlarni va kasbiy kompetentsiyalarni talab etdi. Bu esa o‘qituvchidan avvalo yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirib olishi, o‘qituvchi nutqida yangi pedagogik texnologiya usullari, interfaol mashg‘ulotlar tamoyillari, o‘zgalar munosabatini kuzata olish uslublari, darslarda chizma, shakl, tasvir, ko‘rgazmalardan foydalanish uslublari, “Diagramma vena” taqqoslash, qiyoslov darslari uslublari, klaster uslubi, muammoli vaziyatni yuzaga keltirish uslublari, bur soatlik darsda barcha o‘quvchilarni baholay olish kabi uslublarni o‘zlashtirishni talab etadi. Mashg‘ulotlar davomida savol berish ham san’at bo‘lib, o‘qituvchi buni chuqur anglashi va o‘quvchilarga ham singdirishi lozim. Joyali savolda qandaydur tushunib yetilmagan teranlik bo‘lib, o‘quvchilarni izlanishga, asar mutolaasiga chorlaydi. Zamonaviy o‘qitish uslublari va zamonaviy texnologiyalar haqida gap borar ekan, uning afzalliklari, o‘ziga xos uslubiy yo‘nalishlarini aniqroq izohlab olishimizga to‘g‘ri keladi. Bu o‘rinda quyidagicha izohlar bilan to‘qnash kelamiz:
  1. Zamonaviy texnologiya darsining oldiga qo‘ygan asosiy muammo va tamoyilidir.
  2. Yangi pedagogik texnologiyaning ta’rif va tavsifi.
  3. Tadqiqotchi olimlar tajribalari asosida yozilgan pedagogk texnologiya xususidagi tadqiqotlar.
  4. Yangi pedagogik texnologiya darsida o‘qituvchi usullarida nutqining o‘rni.
  5. Insoniyatning tarixiy taraqqiyotida nutqiy bilimga bo‘lgan ehtiyoj.
  6. Interfaol darsni tashkil etishda o‘qituvchining notiqlik mahorati.
  7. Pandnoma-didaktika asosida ta’lim-tarbiyaga yondoshuv.
  8. O‘quvchilarni tanlash emas, o‘qitish kerak.
  9. O‘qitish maqsadlari jamiyat va davrning talabi.
  10. O‘qitish mazmuni va rejalari davlat ta’lim standartida belgilab berilgan.
Ushbu pedagogik texnologiya berilgan izohlarning mujassamligi va o‘qituvchi tomonidan ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi muhimdir. Innovatsion pedagogik texnologiyalarni mashgulotlarda qo‘llashda metodlarning bir qanchasining nomlarini sanab o‘tamiz: “Fikriy hjum”, “Fikrlarning shiddatli mhujumi”, “6x6x6 metodi”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Diagramma vena”, “Yalpi fikriy hujum”, “Fikriy hujum”. Ushbu metodlarni ishlab chiqilishi va mashg‘ulotlarda joriy etilishi mashg‘ulotlarda faoliyat turlarini shakllanishini talab etdi. Darslarda o‘quvchilarni o‘yin turlari bilan baholash va bilimini oshirish o‘z samarasini beradi. Mashg‘ulotlarda foydalaniladigan “Aqliy hujum”, “Botanik yoki zoologik loto”, “Robinzon izlaridan”, “Grenlandiyaga sayohat”, “Rolli o‘yin darsi” va hakoza o‘yin uslublari shular jumlasidandir. Yuqorida aytib o‘tilgan ta’limning metodlari, innovatsion pedagogik texnologiyalar o‘z samarasini berdi deyishimiz mumkin. Shunday bo‘lsada hozirgi zamon yoshlari dunyo bilan ham nafas bo‘lib, o‘zlashtirish salohiyati va internet tizimidagi ma’lumotlardan keng foydalana olayotganligi ular bilan ishlashning yanada zamonaviy uslublarini o‘rganish va ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu esa yangi tadqiqotlar va yangi izlanishlar degani.  

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

  1. М.Андреев Основные вопросы начального обучения игре на ударных инструментах. М.,
  2. А.Баташев История джазовой музыкальной культуры М.М.,
  3. К.Бюхера Работа и ритм М., 1923.
  4. Л.Ганиева Методология фортепианно-ансамблевой музыки Узбекистана. Т.: Нишон ношир, 2016.
  5. Л.Ганиева Эстрадно-инструментальное исполнительство Учебник. Т.: Musiqa, 2019.
  6. Р.Грубер   История музыкальной культуры. Т. I. – Л., 1941. – 595 е.; Т.П.-М., 1953.
  7. Э.Денисов Ударные инструменты в современном оркестре. М.:Советский композитор, 1982.
  8. А.Панайотов Ударные инструменты в современных оркестрах. М.: Музыка, 1973.
  9. В. Никитин. «Начинающий джазовый пианист». М., 1982.
  10. К.Закс   История музыкальных инструментов.  Musirinstrumente, 1980.
  11. В.Коротков Иновационные технологии обучения в музыкальном образовании. // Сборник научных трудов. Т.2. Т.: «Янги авлод», 2018.
  12. А.Измайлов  Ощущение времени для исполнителя на ударных инструментах. Т .: Музыка, 2019.
  13. Egamqulov, O. (2020). Эстрадно-джазовые произведения и методы их изучения. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(83). извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/7233
  14. Egamkulov, O. (2022). Ритмические джазовые формулы исполнителъства на ударной установке.
  15. Egamkulov, O. (2022). PROBLEMS OF INSTRUMENTAL AND VOCAL PERFORMERS IN DEVELOPING THE ABILITY OF READING NOTES FROM A SHEET OF PAPER.
  16. Egamkulov, O. (2022). URMA VA ZARBLI CHOLG’U ASBOBLARINING MUSIQA DARSLARIDA TUTGAN O’RNI.