Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/09/2021
Chop etish
BIRINChI KURS MAKTABI (ORIENTATION WEEK) TADBIRLARI TAShKIL QILINDI.

O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika institutining barcha fakultetlari va kafedralarida, guruhlarda yangi o‘quv yilining ilk kunlarida “Yangi O‘zbeksitonda erkin va farovon yashaylik ” g‘oyasi ostida “Mustaqillik darslari” hamda “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari tashkil etilmoqda.

BIRINChI KURS MAKTABI (ORIENTATION WEEK)  tadbirirng ilk uchrashuviga institutning Chet tillar hamda Rus tili va adabiyoti fakultetining birinchi kursiga tavsiya etilgan talaba yoshlar, ustozlar  taklif etildi.

Tadbirni Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov  kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, xususan chet tillarni o‘rganish va o‘rgatish borasida olib borilayotgan tahsinga loyiq ishlar xususida to‘xtaldi.

Tadbir davomida  fakultet dekanlari  ham so‘zga chiqib  talabalarga institutning strukturasi,  fakultetlar tarixi va jamoasi bilan tanishtirib, ularning bilim olishlari uchun bugun bu dargohda barcha sharoitlar yaratilganligini bunga javoban ulardan faqat izlanish, bilim olish talab etilishini ta’kidlab o‘tishdi.

 

Tadbir so‘ngida talabalar ham o‘z fikr mulohazalarini, takliflarini bildirib o‘tishdi.

-Men  Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakultetiga  grant asosida qabul qilingan  baxtli talabalardan biriman, bugungi tadbirda ishtirok etayotgan barcha tengdoshlarimni talabalik baxtiga muyassar bo‘lganliklari bilan tabriklayman. Men ham ushbu uchrashuvda o‘z taklifimni bildirdim. Taklifim mana shunday ochiq muloqotlar tez-tez o‘tkazilib turilsa, samimiy ruhdagi  suhbatlar yoshlarga motivatsiya beradi va bu o‘z navbatida  Faol, bilimdon  talabalarimiz safi kengayishiga xizmat qiladi,-deydi Diyorbek Tojiev

-Men bu yil matkbni  bitirib ilk urinshidayoq grant asosida Jizzax davlat pedagogika institutining Rus tili va adbiyoti fakultetiga o‘qishga kirdim,-deydi Nizom Xusanov. Bugungi uchrashuv menda chuqur tassurot qoldirdi. Davlat rahbari ta’kidlaganlaridek  biz yoshlar kelajak yaratuvchisimiz…Yangi O‘zbeksitonni ham faol, bilimdon, zukko yoshlar barpo etadi. Maqsadim a’lo bilimlarga o‘qish,  yurtimga nafim tegadigan yetuk mutaxassis bo‘lish.

Talabalarini oliygohdagi mavjud shart-sharoitlarga ko‘niktirish, moslashtirish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha tashkil etilgan  Orientation week (Birinchi kurs maktabi)  tadbiri ana shunday samimiy muloqot va savol javoblar asosida bo‘lib o‘tdi.


Ulashish:
1 191
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Kelajakka qadam”: bitiruvchilar bilan uchrashuv va seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv va seminar tashkil etildi.
Jizzaxda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuv yoshlar o‘rtasida...
JDPUda FLTAL yo‘nalishidagi 16-xalqaro ilmiy konferensiya yuqori saviyada o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida FLTAL yo‘nalishiga bag‘ishlangan 16-xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilib, unda mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etdi. Anjumanni universitet rektori ochib, uning ilmiy-amaliy ahamiyati,...