Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/01/2020
Chop etish
Besh  kun ko‘rmasang bo‘lmas, xumori bor bu yurtning…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.
Jizzax davlat pedagogika instituti “Tarix ” fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda professsor- o‘qituvchilar va talaba  yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yurtimiz tinchligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qilayotir. Milliy armiya jamiyatning ajralmas qismi, o‘sib kelayotgan yosh avlod va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yetakchi institutga aylanayotir. 14yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bellashuvda ishtirokchi jamoalarning chiqishlarida yuqoridagi so‘zlar o‘z isbotini topdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

– Vatanparvarlik oyligi doirasida  fakultetimizda  ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda, – deydi tarix fakulteti dekani dotsent  A.Pardayev  – Harbiy xizmatchilar bilan muloqotlarda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilinmoqda. Bugungi bellashuvda ham talaba yigitlarimiz tomonidan  harbiy-jangovar tayyorgarlik va harbiylar hayotiga oid sahnaviy ko‘rinishlar namoyish etish bilan bir qatorda Vatan tarixiga oid savol-javoblar o‘tkazildi. Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad o‘g‘il –qizlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqatni shakllantirishdir.

            

                                                                             Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
1 272
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...
Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...